Universitetga kirish
jarayoni haqida ma'lumot

Imtihondan o’tgan abituriyentlar
JDUga kirganingiz bilan tabriklaymiz!
Imtihondan o’tganlar quyidagi reja, o’qish to’lovini amalga oshirish,
 shartnomani tuzish kabi jarayonlarni amalga oshiring.
2021-yil, 21-yanvar JDU ma’muriyati
Reja
Kirish imtihonlari natijasi e'lon qilingan vaqtdan darslar boshlangunga qadar
21-yanvar
21-yanvar
Kirish imtihonlari natijasi e'lon (onlayn) / Shartnomaning yuborilishi
21-yanvar, 12:00
Kirish imtihonlari natijasi ushbu veb-sayt orqali e'lon qilinadi. Natijalar abiturientlarning raqamlarini joylashtirish orqali ma'lum qilinadi. Bunda, alohida xabar berilmaydi.
※Abiturient raqami: Hujjat topshirgan vaqtda SMS orqali jo'natilgan 6 xonali raqam.
22- va 23-yanvar
22- va 23-yanvar
Universitetga kirish jarayoni haqida seminar (onlayn)
22- va 23-yanvar, 10:00
Imtihondan o'tganlar uchun, onlayn tarzda universitetga kirish jarayoni haqida tushuntirish beriladi. Onlayn seminar ZOOM orqali o'tkaziladi. Bir xil mazmundagi semnar 2 marta o'tkaziladi. Qaysi biriga bo'lsa ham qatnashing. Ota-onalar ham qatnashishlari mumkin.
https://zoom.us/j/96853034679
22-yanvardan 25-yanvargacha
22-yanvardan 25-yanvargacha
(Ixtiyoriy) Dastlabki yil uchun ta'lim krediti uchun ariza (Asia Alliance Bank)
Ariza berish muddati: 22-yanvardan 25-yanvar 18:00 ga qadar
※Dastlabki yil uchun ta'lim kreditidan foydalanadiganlar, quyidagi "3.(Ixtiyoriy) Dastlabki yil uchun ta'lim kreditiga ariza"ga qarang.
22-yanvardan 10-fevralgacha
22-yanvardan 10-fevralgacha
O'qish to'lovini amalga oshirish muddati
Muddati: 22-yanvardan 10-fevral 18:00 gacha
●To'lov qilinadigan summaning jami: 39 200 000 so'm
1)O'zbekiston bilan bog'liq o'qish to'lovi (o'qish vaqtida to'lanadigan to'lov): 16 700 000 so'm
2)Yaponiyada ishga joylashgandan keyin to'lanadigan to'lov: 22 500 000 so'm ※Dastlabki yil uchun ta'lim kreditidan foydalanadiganlar quyidagi, "3.(Ixtiyoriy) Dastlabki yil uchun ta'lim kreditiga ariza" ga qarang.
●To'lov usuli: PAYME
※Click yoki bank o'tkazmasi orqali to'lashni xohlovchilar, kotibiyatga murojaat qiling.
Batafsil quyida keltirilgan "Payme orqali o'qish to'lovini to'lash"ga qarang.
28, 29-yanvar
28, 29-yanvar
Universitetga kirish jarayoni
28, 29 - yanvar kuni, JDU o'quv binosida.
Vaqti: 10:00-16:00 *Belgilangan ikki kunning qaysi biriga bo'lsa ham, vaqtingiz to'g'ri kelganda keling.
Mazmun:
 Shartnomani topshirish
 Universitet haqida tushuntirish
 Kompyuterning foydalanishga berilishi va sozlamalarining moslanishi
1-fevral
1-fevral
Universitetga qabul marosimi
Marosim joyi: Jahon Tillari Universitetining asosiy binosining 2-qavatidagi marosimlar zali.
*100106, Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik Halqa Yo'li 21A (Jahon tillari universiteti ichida)

Marosim sanasi va vaqti: 1-fevral 15:00 da marosim zali ochiladi 15:30 da boshlanadi.
*Albatta boshlanish vaqtigacha kelishingizni iltimos qilamiz.
*Koronavirusning oldini olish maqsadida har bir talaba 2 nafargacha yaqinlari bilan kelishlari mumkin.
2-fevral
2-fevral
Dars boshlanadigan kun
JDU o'quv binosida darslar boshlanadi.
Universitetga kirish jarayoniga tayyorgarlik
Ijobiy natijalar e'lon qilingandan so'ng, quyida berilgan 1-3 ni tekshirib, berilgan muddat davomida amalga oshiring. Muddat davomida amalga oshirilmasa, universitetga kirish bekor qilinishi mumkin.
1. Haq evaziga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi
Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasini quyidagicha topshiring. Quyidagi tugma orqali yuklab oling.

1-1. Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasini quyidagi tugma orqali yuklab, 2 asl nusxada chiqartiring.
1-2. Mazmunini tekshiring.
1-3. Muammo bo'lmasa kerakli ma'lumotlarni kiritib, imzo qo'ying.
*To'ldirish usulining namunasini bu yerdan tekshiring.
*Uch xil tilda ma'lumot berilgan, lekin faqat bir tilda to'ldiring.
1-4. 2 asl nusxada 28-yanvargacha JDU kotibiyatiga olib keling.
2. O'qish to'lovini to'lash haqida
Muddat:22-yanvardan 10-fevralgacha
●Jami to'lov summasi: 39 200 000 so'm
Muddatgacha, ta'lim to'lovini amalga oshiring.
Dastlabki yil ta'lim kreditidan foydalanmaydiganlar 39 200 000 so'm, dastlabki yil ta'lim kreditidan foydalanadiganlar, 16 700 000 so'm to'lov qiling.

Qismga ajratilganda
1)O'zbekiston bilan bog'liq ta'lim to'lovi: 16 700 000 so'm
2)Yaponiyada ishga kirgandan keyin to'lanadigan to'lov:22 500 000 so'm 
※Dastlabki yil ta'lim kreditidan foydalanadiganlar quyidagi ma'lumotdan foydalaning.

●To'lov usuli: PAYME
※Click, bank orqali to'lovni xohlovchilar kotibiyatga murojaat qiling. Batafsil, quyidagi "Payme orqali ta'lim to'lovini amalga oshirish"ga qarang.

※(Universitetga kirggandan keyin) Ta'lim to'lovini har yarim yilda to'lov qilish kerak bo'ladi. Bunda, ta'lim olish muddati qisqarishini sabab qilib, dastlabki yarim yillik ta'lim to'lovidan ozod qilish nazarda tutilmagan.
Batafsil
Payme orqali ta'lim to'lovini amalga oshirish usuli
1
Kompyuter yoki smartfon orqali Payme sahifasiga link orqali o'ting.
Payme link
2
Yuqoridagi menyudan "Payment"ni tanlang
3
Sahifa ichida qidiruvda "Japan" deb kriting.
JDU logotipi ko'rinsa, shu logotipga bosing.
4
Kerakli bandlarni to'ldiring
※Ism-familiyangizdan oldin abiturient raqamingiz (ID)ni albatta kiriting.
Abiturient raqami: Hujjat topshirgan vaqtda SMS orqali jo'natilgan 6 xonali raqam.
5
Yuborish tugmasini bossangiz, yakunlanadi.
Keyinroq to'lov qilganlarga to'lov o'tganligini tasdiqlovchi hujjat (chek/kvitansiya) beriladi.
3. Dastlabki yil uchun ta'lim kreditiga ariza topshirish (Ixtiyoriy)
25-yanvargacha, har bir abituriyent kreditga layoqatlik tekshiruviga bog'liq hujjatlarni "Asia Alliance Bank" ATBga olib kelib, dastlabki yil ta'lim kreditiga ariza topshiring.
Kredit ajratiladigan summa: har bir semestr uchun 22 500 000 so'm (bir o'quv yiliga 45 000 000 so'm).
※Imtihon topshirish jarayonidagi oldindan kreditga layoqatlilik tekshiruviga ariza topshirganlar ham, dastlabki yil ta'lim kreditiga boshqatdan ariza topshirishlari kerak bo'ladi.
2021-yilgi dastlabki talabalar uchun imtiyoz
1 yil muddatga foydalanishga, kompyuter bepul berib turiladi
Ta'lim olish muddati qisqargani natijasida dastlabki yarim yillik o'qish to'lovi uchun istisnolar bo'lmasligini hisobga olgan holda, ta'lim olishni tezlashtirish uchun, aslida boshqa joydan o'zingiz sotib olishingizga to'g'ri keladigan kompyuter, 1 yil muddatga foydalanishga berib turiladi.
*O'quv binosida internet sharoiti yo'lga qo'yilgan, lekin uyingizda dars qilishingiz uchun internet sharoitini tayyorlab qo'ying.
Universitetga qabul marosimi
2021-yil 1-fevral Universitetga qabul marosimi
Marosim joyi: Jahon Tillari Universitetining asosiy binosining 2-qavatidagi marosimlar zali.
*100106, Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik Halqa Yo'li 21A (Jahon tillari universiteti ichida)

Marosim sanasi va vaqti: 1-fevral 15:00 da marosim zali ochiladi 15:30 da boshlanadi.
*Albatta boshlanish vaqtigacha kelishingizni iltimos qilamiz.
*Koronavirusning oldini olish maqsadida har bir talaba 2 nafargacha yaqinlari bilan kelishlari mumkin.
Talabalik hayoti haqida
Manba: JDU nizomi
JDU nizomi bilan quyidagi tugma orqali tanishib chiqing.