・Biz Yaponiyada ishlashga tayyor bo'lgan va IT sohasida jamiyatning rivojlanishiga hissa qo'sha oladigan kadrlarni yetishtiramiz. Buning uchun maqsad sari intilib, katta rejalar qo'yib o'z ustida ishlab,bor kuchi bilan harakat qilishi,davomiy bilimlarni egallashi ko'zda tutilgan.
・Ushbu kirish imtihoni, Yaponiyadagi universitet kirish imtihonlariga qo'shiladigan mazmunlarni ham o'z ichiga oladi, shunga ko'ra maktabda o'rganilgan bilimlarning o'zi bilan to'liq ball ola olish uchun tuzilmagan. Ballar o'zaro baholash mezonida bo'lib, yuqori ball to'plaganlardan tanlanib olinadigan uslubda bo'ladi.
Buning uchun, qancha bal bilan imtihondan o'tish mezoni oldindan belgilanmagan. Shuningdek, imtihonda olinadigan ballar bilan bir yo'sinda kun davomidagi ta'lim olish jarayoni va shug'ullanish holatini platformada qolgan ko'rsatkichlarni tahlil qilib belgilanadi. Shunday baholash uslubidan kelib chiqib, imtihonda olingan balning o'zi umumiy olinadigan balning bir qismi sifatida hisoblanadi.
・Kirish imtihonlarining ballash mezoni
Bunda, 2 haftalik elektron ta'lim imtihoni (yapon tili imtihoni natijasi, matematika natijasi va boshqa kurslarni topshirganlik darajasi, o'tagan vaqti, zarur hujjatlarning topshirilganligi, ZOOM sinfxonasiga qatnashganlik darajasi kabilar) natijasi ball qiymatda umumiy natijaga asos qilib olingan.