Abituriyentlar uchun (2-qabul)

O'qishga hujjat topshirish yakunlandi

2021-yil 2-avgust soat 18:00da, 2021/2022-o'quv yili
uchun 2-qabul muddati tugadi.
*O'qishga hujjat topshirganlar va imtihon to'lovini amalga oshirmaganlar
2021-yil 3-avgust 18:00 gacha to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.
SMS orqali to'lov ma'lumotlarini yuborganmiz. Yana bir bor tekshirib ko'ring.
* "2021-yil 3-avgust 18:00" dan so'ng imtihon to'lovini amalga oshirsangiz, 3-qabul uchun imtihon to'lovi sifatida qabul qilinadi.


Muhim sanalar ro'yxati (2-qabul)
2021/2022-o’quv yili uchun qabul kvotasi: 150 nafar
1
2-avgust: qabul yakunlanadi
2-avgust 18:00 da hujjat topshirish muddati yakunlanadi. (topshirgan abituriyentlar soniga qarab, qabul ertaroq to'xtatilishi ham mumkin. )
---
Hujjat topshirgandan keyin 24 soat davomida imtihon to'lovi qabul qilinadi. * Faqat 31-iyuldan 2-avgustgacha hujjat topshirgan abituriyentlar, imtihon to'lovini 3-avgust soat 18:00 gacha o'tkazishlari mumkin.
* Agar 3-avgust soat 18:00ga qadar kirish imtihoni to'lovi amalga oshirilmasa, topshirilgan hujjatlar bekor qilinadi.
2
4 dan 17-avgustgacha: imtihon davri
Imtihon onlayn ko'rinishda bo'lib, 2 hafta davom etadi
3
24-avgust: imtihon natijalari
24-avgust 12:00 da imtihon natijalari saytga e'lon qilinadi.
4

20-avgustdan - 13 sentyabrgacha: Universitetga kirish jarayoni

Imtihondan o'tgan abituriyentlar bilan shartnoma imzolanadi va abituriyentlar o'quv to'lovini amalga oshiradilar.
*Hujjat topshirishdan oldin, universitet shartlari bilan tanishib chiqing!

2021/2022-o'quv yiliga qabul shartlari

Qabul kvalifikatsiyasi
1. 11 yillik maktab, litsey yoki kollej bitiruvchilari;
2. Universitetni bitirgach Yaponiyaga borib, Yaponiyadagi kompaniyalarda ishlashni xohlovchilar;
3. IT muhandis bo'lishni xohlovchilar;
4. 2021-yil 1-oktabrda yoshi 17 dan 21 gacha bo'lganlar.
5. 2021/2022-o’quv yili 1-qabul imtihonida qatnashmaganlar.


※ 2021-yil iyun oyida o’qishni bitiradigan hamda hozirda maktabda 11-sinf, litsey va kollejni bitirish arafasidagilar hujjat topshira oladilar.
※Yapon tilini o'qigan bo'lishlik shart emas.
※Avvaldan yapon tilini o'rganib, JLPT imtihonidan o'tganlar ham ushbu kirish imtihonini topshirishlari kerak bo'ladi.
※JDUda rus guruhlar yo'q.
Agar siz yuqoridagi talablarga rioya qilmay ariza topshirsangiz, kirish imtihonlari uchun to'lov qaytarilmaydi.
Imtihon haqida
JDUning kirish imtihonlari onlayn bo'lib, 2 hafta davom etadi. O'qishni tamomlagandan so'ng Yaponiyada IT muhandis sifatida ishlash maqsad qilib qo'yilganligi sababli, asosiy e'tibor matematik qobiliyat va yapon tilini o'zlashtirish darajasiga qaratiladi.

Kirish imtihonlari davrida yapon tili boshlang'ich daraja darslariga onlayn qatnashish orqali yapon tili o'rganiladi va shunga ko'ra natijalar hisoblanadi. Shu bois, agar siz yapon tilini bilmasangiz ham, aslo tashvishlanmang.
* Imtihon topshirish uchun kompyuter va internet muhiti yoki smartfon kerak bo'ladi.

Kirish imtihoni uchun to'lov

200 000 so'm

(2-qabulda dastlabki hujjat topshirish aksiyasi sifatida, imtihonning asl narxi 500 000 so'mdan tushirildi)
To'lov usuli:

Payme

*To'lov qilish uchun ma'lumotlar, ariza topshirilgandan so'ng SMS xabari orqali jo'natiladi.


To'lov muddati
Hujjat topshirgandan keyin 24 soat davomida to'lov qabul qilinadi.
* Faqat 31-iyuldan 2-avgustgacha hujjat topshirgan abituriyentlar, imtihon to'lovini 3-avgust soat 18:00 gacha o'tkazishlari mumkin.
* Agar 3-avgust soat 18:00ga qadar kirish imtihoni to'lovi amalga oshirilmasa, topshirilgan hujjatlar bekor qilinadi.

Imtihon topshiriladigan fanlar va vazifalar
Imtihon "imtihon platformasida"bo'lib o'tadi. Imtihon uchun to'lov amalga oshirilgandan so'ng, platforma uchun login va parol yuboriladi. Platformadagi barcha vazifalarni bajarish kerak bo'ladi.

Vazifalar quyidagicha:
- Motivatsion xat yozish (500 ta harf doirasida)
- "Boshlang'ich yapon tili" o'quv videoroliklarni ko'rib o'rganib chiqish.
- "N5 kursi" ga qatnashish
- ZOOM orqali yapon tili darsi
- Yapon tili testi (test "Boshlang'ich yapon tili" o'quv videoroligi asosida tuzilgan)
- Matematika test
Imtihon platformasini sinab ko'rish uchun
Imtihonga ariza topshirishdan oldin, iltimos, imtihon jarayonida ishlatiladigan kompyuter yoki smartfonda elektron ta'lim olish imkoniyatini tekshirib ko'ring.
Iltimos, kirish imtihoniga ariza topshirishdan oldin quyidagi mazmunlarni tekshirib ko'ring.


Quyidagi URL ga kirib, ID va paroldan foydalaning.
*Bu ID va parol faqatgina imtihon topshirish platformasini tekshirib ko‘rish uchun mo‘ljallangan.
Imtihon topshirish uchun mo‘ljallangan ID va parol esa, ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihoni uchun to‘lov amalga oshirilgandan so'ng beriladi.

Imtihon topshirish uchun elektron ta'lim sayti:http://deli3.study.jp/rpv/?multi

ID: JDU-sample001
Parol: jdu-sample001

<Quyidagi mazmunlarni tekshirish kerak bo'ladi>
・ Videoni ko'rib bo'lyabtimi
・ Testni javobini belgilab bo'lyabtimi
・ Anketani javobini belgilab bo'lyabtimi
・ Inshoni yozib topshirib bo'lyabtimi
Qabul shartlari va eslatmalar
・Biz Yaponiyada ishlashga tayyor bo'lgan va IT sohasida jamiyatning rivojlanishiga hissa qo'sha oladigan kadrlarni yetishtiramiz. Buning uchun maqsad sari intilib, katta rejalar qo'yib o'z ustida ishlab,bor kuchi bilan harakat qilishi,davomiy bilimlarni egallashi ko'zda tutilgan.

・Ushbu kirish imtihoni, Yaponiyadagi universitet kirish imtihonlariga qo'shiladigan mazmunlarni ham o'z ichiga oladi, shunga ko'ra maktabda o'rganilgan bilimlarning o'zi bilan to'liq ball ola olish uchun tuzilmagan. Ballar o'zaro baholash mezonida bo'lib, yuqori bal to'plaganlardan tanlanib olinadigan uslubda bo'ladi.
Buning uchun, qancha bal bilan imtihondan o'tish mezoni oldindan belgilanmagan. Shuningdek, imtihonda olinadigan ballar bilan bir yo'sinda kun davomidagi ta'lim olish jarayoni va shug'ullanish holatini platformada qolgan ko'rsatkichlarni taxlil qilib belgilanadi. Shunday baholash uslubidan kelib chiqib, imtihonda olingan balning o'zini umumiy olinadigan balning bir qismi sifatida hisoblanadi.

・Kirish imtihonlarining ballash mezomi
Bunda, 2 haftalik elektron ta’lim imtihoni (yapon tili imtihoni natijasi, matematika natijasi va boshqa kurslarni topshirganlik darajasi, o’tagan vaqti, zarur hujjatlarning topshirilganligi, ZOOM sinfxonasiga qatnashganlik darajasi kabilar) natijasi ball qiymatda umumiy natijaga asos qilib olingan.
Kirish imtihoniga ariza topshirishda kerakli ma’lumotlar va topshiriladigan hujjatlar
Kirish imtihoniga ariza topshirishda kerakli ma’lumotlar

・F.I.Sh. (ingliz tilida);

・Manzil;

・Telefon raqam (SMS va Telegramda xabar boradigan telefon raqami);

・Elektron pochta manzili;

・Tug‘ilgan sana (Kun, oy, yil);

・Yosh;

・Oxirgi bitirgan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot (ta’lim muassasasining nomi);

・O'qish to'lovini to'laydigan shaxsning daromad to'g'risida ma'lumotnoma va hamkorlikdagi bankga garovga qo'yiladigan mulkning narxi. (B kvotaga o'qishga kirilganda, hamkor bankka topshirish uchun kerak bo'la);

Topshiriladigan hujjatlar

・Pasport nusxasi (yuz surati aks etgan sahifa);

・(Faqat borlar) "JLPT" va "NAT test" sertifikati nusxasi;

・(Grant xohlovchilar uchun) Fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organ (Mahalla)lar tomonidan beriladigan kam ta'minlanganlik to'g'risidagi ma'lumotnoma

・Shahodatnoma

Imtihondan muvaffaqqiyatli o'tgandan so'ng topshiriladigan hujjatlar

※Hujjat topshirish vaqtida kerak bo'lmasada, imtihondan muvaffaqqiyatli o'tgandan so'ng quyidagilarni topshirish kerak bo'ladi:

・Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim (maktab, kollej va litsey)ni bitirganlik guvohnomasi;

・Tibbiy ma’lumotnoma («№086» shakl);

・O'qish to'lovi to'lovchisining daromadi va garovga qo'yiladigan mol-mulkka egaligini tasdiqlovchi hujjat (B kvotaga o'qishga kirilganda, hamkor bankka topshirish uchun kerak bo'ladi).



Qabul kvotasi va kvota bo'yicha to'lov

Universitet kontrakti

Qabul kvotasi
2021/2022-o'quv yili qabul kvotasi: 150 nafar
※Imtihon natijalari kirish imtihonida ko'rsatilgan reyting asosida belgilanadi va quyidagi 4 xil kvota bo'yicha tasniflanadi. Siz o'zingiz xohlagan kvotani hujjat topshirish vaqtida tanlang.
*kvota haqida batavsilroq "O'qish to'lovi" sahifasini tekshiring.>O'qish to'lovi

Grant kvota: 10 nafar

A kvota: 40 nafar

B kvota: 100 nafar

C kvota: bir necha nafar

Kvota bo'yicha to'lov
Yiliga kontrakt to'lovi 59 200 000 so'm
Ushbu summaning 12 200 000 so'mi odatiy to'lanadi. Qolgan 47 000 000 so'm, abituriyentni qanday imtihonni topshirishiga qarab to'lanadi.

Abituriyentlarning imtihonni qanday topshirishlariga qarab, ular 3 guruhga bo'linadi:

Grantlar guruhi (10 ta kvota): (Bu guruhda ta’lim to’lovi bo’lmaydi. Imtihon faqat kam ta’minlanganlar o’rtasida o’tkazilib, eng yuqori to’plagan ball 10 kishi saralab olinadi).

A guruhi 40 ta kvota: Talabalar har yili 12 200 000 so'm miqdorida kontrakt to'lovini to'laydilar, qolgan 47 000 000 so'mni universitet har yili to'laydi. Bitirgandan so'ng, universitet Yaponiyada ish bilan ta'minlashda yordam beradi va bundan keyin bitiruvchi yig'ilgan summani to'lay boshlaydi. Ishga joylashmaguncha to'lov yaxlab turadi.

B guruhi 100 ta kvota: Bu yerda ham "A" guruhida bo'lgani kabi. Faqat birinchi yil siz hamkor-bank bo'lgan "Asia Aliance Bank"dan 47 000 000 so'mni to'lash uchun kredit olishingiz kerak bo'ladi. Bu hamkorlikdagi-bank bo'lgani uchun foizsiz kredit beradi.

Bundan tashqari universitetni kovorking dasturi bor. Kovorkingda talabalar guruh bo'lib, universitet tomonidan beriladigan vazifalarni bajarib daromad olishadi. Bu daromadning 60% i kontrakt to'lovini to'lashga qaytariladi. Yaxshi ko'rsatkichlarni ko'rsatgan talaba o'qish oxirigacha to'lovni to'liq to'lab qo'yishi mumkin.

C guruhni xohlovchilar: Ushbu guruhda Yaponiyaga ishga borishni hohlamaganlar. Ular har yili o'z vaqtida 59 200 000 so'm to'lashlari kerak bo'ladi.


※Kvotalar bo'yicha tushuntirish bilan bataftsil tanishish uchun "O'qish to'lovi" sahifasiga qarang. Ta'lim to'lovi sahifasi
Yo'nalish va o'quv yillari
Fakultet va yo’nalishlar:
1) Muhandis-dasturchi yo’nalishi
2) Kompyuter grafikasi va dizayn yo’nalishi

O'qish muddati: eng kami 4.5 yil
O’quv yili oktabrdan boshlanadi. 6 oylik muddat 1 semestr sifatida yuritiladi. Bir yillik o'quv yili
semestrining davomiyligi quyidagicha bo’ladi:
1-semestr: oktabr-mart
2-semestr: aprel-sentabr

JDUning nizomi bilan tanishish: JDU nizomi
Ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi bilan tanishish: Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi




1-qabul imtihonlaridan o’tgan abituriyentlar
Ushbu sahifa 2021 yil 20-maydan 3-iyunga qadar imtihon topshirganlar uchun

2021/2022 o’quv yilining 1-qabul
Kirish imtihon natijalari
2021/2022 o’quv yilining 1-qabul (2021 yil 20-maydan 3-iyunga qadar) imtihon topshirganlar quyidagi natijalarni tekshirishlari kerak.
1-qabul imtihonidan o’tgan abituriyentlar(2021 yil 20-maydan 3-iyungacha imtihon topshirganlar) quyidagilarni ko'rib chiqing

Eslatma

※2-qabul (kirish imtihoniga ariza 2021 yil 18-iyundan 2-avgustga qadar) hujjat topshiruvchilar bunga aloqador emas.

Ma'lumot to'ldirish shakli
Ism:
Familiya:
E-mail:
Telefon:
Biz haqimizda qayerdan eshitdingiz?
Savolingiz:
("Yuborish" tugmasini bosish orqali siz Japan Digital University dan xat olishga rozilik bildirasiz)
Made on
Tilda