Abituriyentlar uchun

albatta o'qing!
04.01.2021 O'qishga hujjat topshirish yakunlandi
10.12.2020dagi yangilik: "Bu yilgi kirish imtihonlari haqida"

Kirish imtihoni

JDUning kirish imtihonlari VEB orqali 2 hafta davom etadi. O'qishni tamomlagandan so'ng Yaponiyada IT-muhandis sifatida ishlash maqsad qilib qo'yilganligi sababli, asosiy e'tibor matematika va yapon tilini o'zlashtirish darajasiga qaratiladi. Kirish imtihonlari davrida yapon tili boshlang'ich daraja darslariga onlayn qatnash orqali yapon tili o'rganiladi va shunga ko'ra natijalar hisoblanadi.
Shu bois, agar siz yapon tilini bilmasangiz ham, tashvishlanmang.
*Imtihonlardan o'tish uchun shaxsiy kompyuter yoki smartfon, hamda internet muhiti kerak bo'ladi.

2020/2021-o'quv yilining sentabr (kuzgi) qabul kvotasi: 150 nafar.

Qabul yo'nalishi: Muhandis-dasturchi yo’nalishi.
O'quv davri va o'quv muddati: eng kami 4.5 yil.
Hujjat topshirish usuli: "Hujjat topshirish" tugmasi orqali kerakli ma'lumotlarni kiritish va hujjatlarni yuklash.
Imtihon topshirish usuli: onlayn imtihon topshirish.

Universitetga qabul qilinish shartlari
Quyidagi barcha shartlarga to‘g‘ri kelish kerak:
①Umumiy o'rta va o'rta-maxsus ta'lim bosqichi bitiruvchilari;
②Yaponiyada ishlashni xohlovchilar;
③Yapon tilini bundan keyin o‘rganishni xohlovchilar; 
④IT muhandis bo‘lish istagidagilar;
⑤Internet orqali shaxsiy kompyuterda ta’lim olishga imkoniyati borlar;
*Internet tarmog‘iga sarflanadigan pul talabaning o'zi tomonidan qoplanadi.
⑥17 yoshdan 21 yoshgacha bo'lganlar.
​Imtihon topshirish tartibi
1

JDUning nizomi bilan tanishish

3

Imtihon topshirish muhiti va Sinab ko'rish sayti

Shu sahifaning o'zidagi "Imtihon topshirish muhitini tekshirish" orqali, imtihonlar olib boriladigan saytdagi video va test kabilarni sinab ko'rib, umumiy kursda qatnasha olish yoki olmaslikni tekshiring.

4
Hujjat topshirish, imtihon to'lovlarini to'lash
*2021-yil 4-yanvar (dushanba)ga qadar


*To‘lovni Payme ilovasi orqali amalga oshirish mumkin.

*Imtihon to‘lovi to'langandan so‘ng, imtihon sahifasiga kirish uchun ID va parol jo‘natiladi.

*ID va parol to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng 4 kun ichida beriladi.

5
Imtihonning 1-bosqichi (elektron ta’lim)
*5-yanvardan 9-yanvargacha

Kurslar nomi

- Motivatsiya xati

- Yapon tili boshlang‘ich kursi

- Kanji (iyeroglif) kursi

- Yapon tili bo'yicha ZOOM sinfxonasi

-Matematika bo‘yicha imtihon (faqat 1 kun)

6
Ta'lim kreditini olish uchun ariza topshirish (ixtiyoriy)*topshirish muddati: 12-yanvargacha
※Hamkorlikdagi bankdan ta'lim krediti olishni xohlovchilarga, murojaat qilish usuli haqida onlayn ma’lumot beriladi
7

Imtihonning 2-bosqichi (elektron ta’lim)

*9-yanvardan 18-yanvargacha

Kurslar nomi
-Ta'lim kreditini olish uchun ariza (Hamkorlikdagi bank)*ixtiyoriy
-Yapon tili N5 kursi
-Yapon tili bo'yicha sinov imtihoni
-Qisqa insho
- Kanji (iyeroglif) kursi
8
Imtihon natijalarini e'lon qilish
Kirish imtihonlari reja-jadvali:
*rejada
1
Hujjat topshirish muddati: 2020-yil 10-dekabr (payshanba)dan
2021-yil 4-yanvar (dushanba)gacha
Hujjatlar topshirilib, imtihon to’lovlari amalga oshirilgan paytdan boshlab kirish imtihonlari (ta'lim olish) boshlanadi.
2
Kirish imtihoni muddati: 2021-yil 5-yanvar (seshanba)dan
18-yanvar (dushanba)gacha
Kirish imtihonlari 2 hafta davomida o'tkaziladi.
3
Imtihon natijalari e'loni:
2021-yil 21-yanvar (payshanba)
Kirish imtihonlari muddati davomidagi ta'lim olish tarixi tahlil qilinib, muvaffaqiyatli
nomzodlar tanlab olinadi va e'lon qilinadi.
4
Universitetga qabul qilish jarayoni (rejada):
2021-yil 27-yanvar (chorshanba)dan 29-yanvar (juma)gacha
Ta'lim to’lovini amalga oshirish bilan birga, universitetga qabul qilish jarayonlari ham tugallanadi

Kirish imtihoni uchun to'lov

980 000 som
⇒Universitetning ochilish yili aksiyasi:
111 500 so'm!!!

A) imtihon topshirish puli (480,000.00 so‘m ) + B) yapon tili boshlang‘ich kursi (imtihon B) puli (500,000.00 so‘m)
Universitetning ochililish yili aksiyasi sifatida, 980 000 so'mlik imtihon to'lovi arzonlashtirildi.
Batafsil ma'lumot uchun mana bu yangilikka qarang.
※Allaqachon to'lovni amalga oshirgan abituriyentlarga, to'langan summa to'liq qaytariladi va to'lovni qaytadan amalga oshirish kerak bo'ladi. Kotibiyatdan sizga qo'ng'iroq qilishadi va batafsil tushuntirishadi.
Hujjat topshirish muddati 2021-yilning 4-yanvar kuni soat 18:00 ga qadar qilib belgilangan. Bizga hujjat topshirishinigizni kutib qolamiz!
*Yapon tilini o‘rganib JLPT imtihonidan o‘tganlar ham, ushbu qabulda yapon tili boshlang’ich kursini o‘rganishlari kerak bo‘ladi.



To‘lov usuli
Payme
*To'lov qilish uchun ma'lumotlar, ariza topshirilgandan so'ng, SMS xabari orqali jo'natiladi.

Kirish imtihoniga ariza topshirishda kerakli ma’lumotlar va topshiriladigan hujjatlar

Quyidagi ma'lumotlarni tayyorlagandan so'ng so‘ng, kirish imtihoniga ariza topshiring.

・F.I.Sh. (ingliz tilida);

・Manzil;

・Telefon raqam;

・Elektron pochta manzili;

・Tug‘ilgan sana (yil, oy, kun);

・Yosh;

・Oxirgi bitirgan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot (ta’lim muassasasining nomi);

・Bitirgan yili;


◆Topshiriladigan hujjatlar:

・Pasport nusxasi (yuz surati aks etgan sahifa);

・Oxirgi tamomlangan ta'lim muassasasi (umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim bosqichi)ni bitirganlikni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi.

Imtihon topshirish muhiti va Sinab ko'rish sayti haqida

Imtihon topshirish muhiti


Muhit

Atrofda odamlar bo‘lmasligi va yakka holda imtihon topshira olinadigan shart-sharoit


【Qurilamalar haqida ma’lumot】Shaxsiy kompyuter yoki smartfon

*Shaxsiy kompyuterga ega shaxslarga, shaxsiy kompyuter orqali imtihon topshirish tavsiya qilinadi.

*Tavsiya qilingan shaxsiy kompyuter xarakteristikasi(CPU: 2GHzdan yuqori, Xotira: 4GBdan yuqori)


Opratsion tizim:

Windows 10dan keyingi va so‘ngi versiyasi

macOS 10.11 dan keyingi va so‘ngi versiyasi


Brauzer:

Windows uchun: Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Edge ning so‘ngi versiyasi

macOS uchun: Google Chrome, Mozilla Firefox, Safari


Internet tarmog’i:

Kamida 1Mbps tezlikdagi, xonadon internet tarmog’i kabi barqaror internet muhiti


Dasturiy ta’minot:

PDFni o'qiy oladign dasturiy ta’minot


VEB kamera /o‘rnatilgan kamera:*Qurilmada 1280x960 (1.2 megapikselli) old veb kamera bo‘lishi kerak




■Sinab ko'rish sayti

Imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tishdan oldin, imtihonda qo‘llaniladigan shaxsiy kompyuter yoki smartfonda elektron ta’limni amalga oshirish imkoni borligini sinab ko‘ring. Iltimos quyidagi berilgan tekshirish punktlarini bajargandan so‘ng, imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘ting.


<Sinab ko‘rish usullari>

Quyidagi URL ga kirib, ID va paroldan foydalaning.

*Bu ID va parol faqatgina imtihon topshirish muhitini tekshirib ko‘rish uchun mo‘ljallangan. Imtihon topshirish uchun mo‘ljallangan ID va parol esa, kirish imtihonini topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihoni uchun to‘lov amalga oshirilgandan so'ng beriladi.


Imtihon topshirish uchun elektron ta'lim sayti:https://deli3.study.jp/rpv/


ID: JDU-sample001

Parol: jdu-sample001


<Tekshiriladigan masalalar>

· Videoni eshita olyapsizmi?

· Testga javob bera olyapsizmi?

· So‘rovnomaga javob bera olyapsizmi?

· Inshoni kiritib uni yubora olyapsizmi?

Kirish imtihoni
"2020-yilgi JDUga kirish imtihonini topshirish qo‘llanmasi PDF" bilan tanishib chiqqaningizdan so‘ng, kirish imtihoniga ariza topshiring.
2020-yilgi JDUga kirish imtihonini topshirish qo‘llanmasi PDF
*1-bosqichdan so‘ng 2-bosqichga o‘tiladi, bu vaqtda hali o'qishga kirganlik haqida qaror qabul qilinmaydi.
O'qish to'lovi va u bo'yicha yordam tizimi

Bir yillik kontrakt to'lovi (ta'lim krediti va kechiktirib to'lash bo'yicha yordamdan foydalanilganda) -

15 280 000 so'm.


O'qishga kirish puli ham qo'shib hisoblanganligi sababli, birinchi yilning o'qish to'lovi 25 360 000 so'mni tashkil etadi.

JDU o’qish to’lovining umumiy ko'rinishi


O’qish to’lovi har yili qaytadan tasdiqlanadi. Yaponiya universitetiga to’lanadigan o’qish to’lovi bo’lganligi sababli, qayta tasdiqlashga AQSh dollari va milliy valyuta kursining o’zgarishi asos bo’lishi mumkin. Oxirgi yillarda sodir bo’lganidek AQSh dollarining milliy valyutaga nisbatan kursi balandlagan holatda, o’qish to’lovi ham o’shanga mos ravishda oshadi.


JDUdagi 4.5 yillik ta'lim programmasining umumiy o'qish to'lovi 264 000 000 so'mdan iboratdir. Bunda, o'qish davomida to'lanadigan o'qish to'lovining miqdorini davlat universitetlari qatorida ushlab turish uchun, to'lov bo'yicha yordam tizimi yo'lga qo'yilgan.

Unga ko'ra, umumiy o'qish to'lovi ①O'zbekiston bilan bog'liq o'qish to'lovi (61 500 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)) va ②Yaponiya bilan bog’liq o’qish to’lovi (Ishga joylashgandan keyin to’lanadigan qism)dan iborat bo'lib, yordam tizimi ②Yaponiya bilan bog’liq o’qish to’lovi (202 500 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)ga nisbatangina joriy qilinadi. Quyida batafsil tanishib chiqing.


① O’zbekiston bilan bog’liq o’qish to’lovi (o’qish vaqtida to’lanadigan qism): umumiy 61 500 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

◼To’lov vaqti va miqdori:

1-semestr (o’qishga kirganda): 16 700 000 so’m

2-semestr (o’qishga kirgandan keyin 6-oyda): 5 600 000 so’m

3-semestr (o’qishga kirgandan keyin 12-oyda): 5 600 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

4-semestr (o’qishga kirgandan keyin 18-oyda): 5 600 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

5-semestr (o’qishga kirgandan keyin 24-oyda): 5 600 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

6-semestr (o’qishga kirgandan keyin 30-oyda): 5 600 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

7-semestr (o’qishga kirgandan keyin 36-oyda): 5 600 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

8-semestr (o’qishga kirgandan keyin 42-oyda): 5 600 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

9-semestr (o’qishga kirgandan keyin 48-oyda): 5 600 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

※Salbiy ko’rsatkichlar sababli keyingi bosqichga o'ta olmagan holatlarda o’sha semestrning o’qish to'lovi qo’shimcha ravishda to'lanadi.

※To'lov o'sha vaqtning o’zida amalga oshiriladi.

※Hamkorlikdagi bankda universitet talabasiga mo'ljallangan ta'lim kreditiga ariza topshiriladigan hollarda, xohishga ko'ra JDU tomonidan tavsiyanoma beradi. (Ta'lim kreditining berilishi har bir bankning kredit bo'yicha qarorlariga muvofiq bo'ladi.)

※O’zbekiston bilan bog’liq o’qish to’lovining taxminan 10% qismi (4.5 yilgacha umumiy 5 600 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)) O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalik safida bo’lganlik to’lovi hisoblanadi. Bu to’lov talaba tomonidan “Ikki-diplom” programmasiga istak bildirilganda va bu tasdiqlanganda kerak bo’ladi.


② Yaponiya bilan bog’liq o’qish to’lovi (Ishga joylashgandan keyin to’lanadigan qism): umumiy 202 500 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

To’lov usuli: Imtihonlarni topshirish muddati davomida, xohishga qarab quyidagi ikki to’lov usuli (②A yoki ②B)dan biri tanlanadi:


② A) Ishga kirgandan keyin to’lash tizimidan foydalanilmagan holat

To’lov vaqti va miqdori

※Umumiy to’lov miqdori: 202 500 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

1-semestr (o’qishga kirganda): 22 500 000 so’m

2-semestr (o’qishga kirgandan keyin 6-oyda): 22 500 000 so’m

3-semestr (o’qishga kirgandan keyin 12-oyda): 22 500 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

4-semestr (o’qishga kirgandan keyin 18-oyda): 22 500 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

5-semestr (o’qishga kirgandan keyin 24-oyda): 22 500 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

6-semestr (o’qishga kirgandan keyin 30-oyda): 22 500 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

7-semestr (o’qishga kirgandan keyin 36-oyda): 22 500 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

8-semestr (o’qishga kirgandan keyin 42-oyda): 22 500 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

9-semestr (o’qishga kirgandan keyin 48-oyda): 22 500 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

※To’lov o’sha vaqtning o’zida amalga oshiriladi.


② B) Ishga kirgandan keyin to’lash tizimidan foydalanilgan holat

◼Ishga kirgandan keyin to’lash tizimi haqida qisqacha

Bu quyidagi ikki shartnomaning ikkala taraf tomonidan imzolanishi asosida, universitetda o’qish vaqtidagi o’qish to’lovini minimal miqdorda kamaytirishni maqsad qilgan to’lov bo’yicha yordam tizimidir.

1. Dastlabki yil uchun ta’lim krediti: Hamkor banklar 1 va 2-semestrlar uchun umumiy 45 000 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi) miqdoridagi ta’lim kreditini JDU uchun maxsus past foizli stavka (6%)da taqdim qilishadi. Bunda, JDU yillik 15% miqdoridagi foiz stavkalarini yordam sifatida o’z zimmasiga oladi.

Asosiy qarzning qoplanishini daromad paydo bo’lgunga qadar kechiktirish mumkin. Lekin, kredit foizlari hamkor banklarga har oyda to’lab borilishi kerak.

※Ta’lim kreditining ajratilish yoki ajratilmasligi har bir bankning kredit siyosati asosidagi qarorlariga bog’liq bo’ladi.

<Dastlabki yilgi o'qish krediti haqidagi hujjat>

Kerakli hujjatlar bo'yicha quyidagi PDF linkni ko'zdan kechiring.

※Yuqoridagi kerakli hujjatlardan tashqari, JDU tomonidan beriladigan "Tavsiyanoma" kerak bo'ladi.

※O'qishga kirishga ariza topshirganingizdan keyin, batafsil ma'lumotlarni beramiz.

Dastlabki yilgi o'qish krediti haqidagi hujjat PDF


2. Ishga kirgandan keyingi daromad taqsimoti shartnomasi (Income Share Agreement): 3-9-semestrlar uchun bo’lgan 157 500 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)ni to’lash uchun, kelajakda ishlab boshlagandagi daromadning bir qismini qarzni qoplashga yo’naltirish maqsadidagi shartnoma imzolanadi. (Bu o’qish vaqtidagi Kovorking amaliy mashg’ulotlaridan olingan daromadning 60 foizi va o’qishni bitirib ishga kirgandan keyingi daromadning 20 foizini, umumiy hisobda o’qish to'lovining 150 foizigacha bo'lgan miqdorini to'lash uchun yo’naltirishni nazarda tutuvchi shartnomadir.)

◼To’lov vaqti va miqdori

※Umumiy to’lov miqdori: Maksimal 292 000 000 so’m (har yili qayta tasdiqlanadi)

1-semestr (o’qishga kirganda) 0 so'm ※Kredit foizini har oy bankka to’lash.

2-semestr (o’qishga kirgandan keyin 6-oyda) 0 so'm ※Kredit foizini har oy bankka to’lash.

3-semestr (o’qishga kirgandan keyin 12-oyda) 0 so'm ※Kredit foizini har oy bankka to’lash.

4-semestr (o’qishga kirgandan keyin 18-oyda) 0 so'm ※Kredit foizini har oy bankka to’lash.

⇒ Bu vaqtdan Kovorking amaliy mashg’ulotlari boshlanadi ⇒ Undan olinadigan daromadning bir qismini qarzni qoplash uchun yo’naltirish maqsad qilinadi.

5-semestr (o’qishga kirgandan keyin 24-oyda): 0 so'm ※Qoldiq qarz foizini har oy to'lash.

6-semestr (o’qishga kirgandan keyin 30-oyda): 0 so'm ※Qoldiq qarz foizini har oy to'lash.

7-semestr (o’qishga kirgandan keyin 36-oyda): 0 so'm ※Qoldiq qarz foizini har oy to'lash.

8-semestr (o’qishga kirgandan keyin 42-oyda): 0 so'm ※Qoldiq qarz foizini har oy to'lash.

9-semestr (o’qishga kirgandan keyin 48-oyda): 0 so'm ※Qoldiq qarz foizini har oy to'lash.

⇒ Undan tashqari yana kredit qarzi qoladigan bo’lsa, o’qishni bitirib ishga kirgandan keyin olinadigan daromadning bir qismi ushbu qarzni qoplashga yo’naltiriladi.



O’qish vaqtida daromad olish bo'yicha yordam tizimi (Kovork amaliyot fani)


Bu tizimga ko'ra, talabalarda ish bajarish qobiliyati va loyihaviy amalga oshirish ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida, Yaponiyadan turib berilgan buyurtma ish bo'yicha, o’quv kampusida bir necha kishilik jamoa bilan birgalikda ishlab o'rganiladigan va shu orqali haqiqiy daromad olish mumkin bo'lgan “Kovork" amaliy mashg'ulot fani yo’lga qo'yilgan.

Ishga joylashgandan keyingi to’lov tizimi (②B)dan foydalanilgan holatda, bu Kovork orqali olinadigan asosiy daromadning 60 foizini ta'lim to'lovini qaytarish uchun ajratish mumkin. Universitetga kirgandan so’ng bir yarim yillik muddat o'tgandan so'ng, 4-semestrdan boshlab bitirgunga qadar bo'lgan muddatda amalga oshirish ko'zda tutilgan.



Foydalanish namunasi: 4-9 semestrlar davridagi 3 yil mobaynida "Kovork" amaliyot fani bo'yicha, bir kunda o'rtacha 4 soat ishlab, ijobiy natijalarni ko’rsata olgan talabalar, universitetda o’qish vaqtining o'zidayoq barcha o’qish pulini to'liq to'lab qo'yishlari mumkin bo'ladi (Real holatda o’qish puli bo'yicha majburiyatni yo'qqa chiqarish mumkin bo'lgan imkoniyat taqdim qilinadi).

Namuna olingan manba: Asosiy shartnoma

Universitetga kirishdan oldin, shartnoma tekshirib olishingiz uchun, namuna sifatida asosiy shartnomaning namunasini joylashtiramiz.


Aslida, imtihondan muvaffaqiyatli o’tanlarga imtihon natijalari e’lon qilingandan keyin SMS orqali, alohida ism, familiya va shartnoma raqami kiritilgan, asosiy shartnomani jo’natamiz. *quyidagini printerdan chiqarsangiz ham haqiqiy hujjat emasligini eslatib o’tamiz.

Shartnoma namunasi
Ma'lumot to'ldirish shakli
Ism:
Familiya:
E-mail:
Telefon:
Biz haqimizda qayerdan eshitdingiz?
Savolingiz:
("Yuborish" tugmasini bosish orqali siz Japan Digital University dan xat olishga rozilik bildirasiz)
Made on
Tilda