Abituriyentlar uchun

2021/2022-o'quv yili 1-qabul

Universitetga kirish imtihoni haqida

JDUning kirish imtihonlari onlayn orqali 2 hafta davom etadi. O'qishni tamomlagandan so'ng Yaponiyada IT muhandis sifatida ishlash maqsad qilib qo'yilganligi sababli, asosiy e'tibor matematik qobiliyat va yapon tilini o'zlashtirish darajasiga qaratiladi.
Kirish imtihonlari davrida yapon tili boshlang'ich daraja darslariga onlayn qatnashish orqali yapon tili o'rganiladi va shunga ko'ra natijalar hisoblanadi. Shu bois, agar siz yapon tilini bilmasangiz ham, aslo tashvishlanmang.
*Imtihonlardan o'tish uchun shaxsiy kompyuter yoki smartfon, shuningdek internet muhiti kerak bo'ladi.

2021-yil oktabr oyi qabul kvotasi: 150 nafar

Qabul yo'nalishi: "Muhandis-dasturchi" yoki "Kompyuter grafikasi va dizayn" yo'nalishi
O'qish muddati: eng kami 4.5 yil
Hujjat topshirish usuli: Ushbu sayt pastida joylashgan "Hujjat topshirish" tugmasi orqali amalga oshiring. Shundan so'ng imtihon to'lovini amalga oshirish.
Saralash usuli: Onlayn ta'lim va saralash

Qabul vaqtlari
 1-qabul: 2021-yil 14-apreldan 18-mayga qadar (topshirgan abiturientlar soniga qarab, qabul ertaroq to'xtatilishi ham mumkin. )
 2-qabul: qabulning amalga oshirilish oshirilmasligi ko'rib chiqilmoqda
 3-qabul: qabulning amalga oshirilish oshirilmasligi ko'rib chiqilmoqda
※1-qabulda imtihondan o'tganlar soni qabul kvotasidan oshib ketsa, 2- va 3-qabul amalga oshirilmaydi.

Universitetga kirish shartlari

Quyidagi barcha shartlarga to‘g‘ri kelish kerak:
 1. 11 yillik maktab, litsey yoki kollej bitiruvchilari;
 2. Universitetini bitirgach Yaponiyaga borib, Yaponiyadagi kompaniyalarda ishlashni xohlovchilar;
 3. IT muhandis bo'lishni xohlovchilar;
 4. 2021-yil 1-oktabrda yoshi 17 dan 21 gacha bo'lganlar.

※ 2021-yil iyun oyida o’qishni bitiradigan hamda hozirda maktabda 11-sinf, litsey va kollejni bitirish arafasidagilar ham hujjat topshira oladilar.
※Yapon tilini o'qigan bo'lishlik shart emas.
※Avvaldan yapon tilini o'rganib, JLPT imtihonidan o'tganlar ham ushbu kirish imtihonini topshirishlari kerak bo'ladi.

Qabul kvotasi

2021/2022-o'quv yili qabul kvotasi: 150 nafar
※Imtihon natijalari kirish imtihonida ko'rsatilgan reyting asosida belgilanadi va quyidagi 4 xil kvota bo'yicha tasniflanadi.
Siz o'zingiz xohlagan kvotani hujjat topshirish vaqtida tanlang.
※Kvotalar bo'yicha tushuntirish bilan tanishish uchun Ta'lim to'lovi sahifasiga qarang. >Ta'lim to'lovi sahifasi

Grant kvota: 10 nafar

A kvota: 40 nafar

B kvota: 100 nafar

C kvota: bir necha nafar

Kirish imtihoni tartibi 
1

JDUning nizomi bilan tanishish

[JDU nizomi(PDF)]
2
Ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi bilan tanishish
[Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi(PDF)]
3
Imtihon topshirish muhiti va uni sinab ko'rish sayti haqida
Shu sahifaning o'zidagi "Imtihon topshirish muhiti va uni sinab ko'rish sayti haqida" orqali, imtihonlar olib boriladigan saytdagi video-dars va testlar kabilarni sinab ko'rib, umumiy imtihonda qatnasha olish yoki olmaslikni tekshiring.
4
Kirish imtihoniga hujjat topshirish
(2021-yil 18-may soat 18:00 ga qadar) va imtihon to'lovini amalga oshirish (2021-yil 19-may soat 18:00 ga qadar)

Hujjatlar onlayn topshiriladi. Hujjat topshirish shakli orqali topshiring.

*Imtihon to‘lovi to'langandan so‘ng, imtihon sahifasiga kirish uchun ID va parol jo‘natiladi.

*ID va parol to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng 4 kun ichida beriladi.

5
Kirish imtihoni (elektron ta'lim) 
*20-maydan 3-iyungacha

2 haftalik kursda qatnashish davomida quyidagi 4 ta dars va 3 ta sinovdan o'tiladi:

Darslar va sinovlar nomlari:

-Motivatsion xat

-Yapon tili boshlang'ich kursi

-Yapon tili iyeroglifi

-Yapon tilidan ZOOM darsi

-Matematika imtihoni (faqat 1 kun bo'ladi)

-Yapon tilidan N5 kursi

-Yapon tilidan sinov testi

6
Imtihon natijalarini e'lon qilish*11-iyun soat 12:00 da
Kirish imtihoniga qatnashganlik tarixi tahlil qilinib, imtihondan o'tganlar aniqlanadi va veb-sahifada e'lon qilinadi.
7
Universitetga kirish jarayoni / ta'lim to'lovini amalga oshirish *21-iyundan 5-iyulgacha
Belgilangan muddatgacha shartnomani imzolab, ta'lim to'lovini amalga oshiring.
Odatdagi vaqtda amalga oshiriladigan ta’lim to’lovini ikki qismga bo’lingan summa, 6,100,000 so’m to’lovini amalga oshirish bilan, universitetga qabul qilindi deb hisoblanadi.
Kirish imtihoni uchun to'lov
200 000 so'm
(1-qabulda dastlabki hujjat topshirish aksiyasi sifatida, imtihonning asl narxi 500 000 so'mdan tushirildi)


To‘lov usuli:
Payme
*To'lov qilish uchun ma'lumotlar ariza topshirilgandan so'ng, SMS xabari orqali jo'natiladi.

Kirish imtihoniga ariza topshirishda kerakli ma’lumotlar va topshiriladigan hujjatlar

Quyidagi ma'lumotlarni tayyorlagandan so'ng, kirish imtihoniga ariza topshiring.

・F.I.Sh. (ingliz tilida);

・Manzil;

・Telefon raqam (SMS va Telegramda xabar boradigan telefon raqami);

・Elektron pochta manzili;

・Tug‘ilgan sana (Kun, oy, yil);

・Yosh;

・Oxirgi bitirgan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot (ta’lim muassasasining nomi);

・Bitirgan yili;

・Ta'lim to'lovi to'lovchisining daromadi va garovga qo'yiladigan mol-mulkka egalikni tasdiqlovchi hujjat (B kvotada o'qishga kirganda, hamkor bankka topshirish uchun kerak bo'ladi).


◆Topshiriladigan hujjatlar:

・Pasport nusxasi (yuz surati aks etgan sahifa);

(Faqat borlar) "JLPT" va "NAT test" sertifikati nusxasi;

・(Grant xohlovchilar uchun) Fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organ (Mahalla)lar tomonidan beriladigan kam ta'minlanganlik to'g'risidagi ma'lumotnoma


Imtihondan muvaffaqqiyatli o'tgandan so'ng topshiriladigan hujjatlar:

※Hujjat topshirish vaqtida kerak bo'lmasada, imtihondan muvaffaqqiyatli o'tgandan so'ng quyidagilarni topshirish kerak bo'ladi:

Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim (maktab, kollej va litsey)ni bitirganlik guvohnomasi;

・Baholar keltirilgan ilova;

Tibbiy ma’lumotnoma («№086» shakl);

・O'qish to'lovi to'lovchisining daromadi va garovga qo'yiladigan mol-mulkka egaligini tasdiqlovchi hujjat (B kvotaga o'qishga kirilganda, hamkor bankka topshirish uchun kerak bo'ladi).

Imtihon topshirish muhiti va uni sinab ko'rish sayti haqida

Imtihon topshirish muhiti


Muhit

Atrofda odamlar bo‘lmasligi va yakka holda imtihon topshira olinadigan shart-sharoit


【Qurilamalar haqida ma’lumot】Shaxsiy kompyuter yoki smartfon

*Shaxsiy kompyuterga ega shaxslarga, shaxsiy kompyuter orqali imtihon topshirish tavsiya qilinadi.

*Tavsiya qilingan shaxsiy kompyuter xarakteristikasi(CPU: 2GHzdan yuqori, Xotira: 4GBdan yuqori)


Opratsion tizim:

Windows 10dan keyingi va so‘ngi versiyasi

macOS 10.11 dan keyingi va so‘ngi versiyasi


Brauzer:

Windows uchun: Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Edge ning so‘ngi versiyasi

macOS uchun: Google Chrome, Mozilla Firefox, Safari


Internet tarmog’i:

Kamida 1Mbps tezlikdagi, xonadon internet tarmog’i kabi barqaror internet muhiti


Dasturiy ta’minot:

PDFni o'qiy oladign dasturiy ta’minot


VEB kamera /o‘rnatilgan kamera:*Qurilmada 1280x960 (1.2 megapikselli) old veb kamera bo‘lishi kerak




■Sinab ko'rish sayti

Imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tishdan oldin, imtihonda qo‘llaniladigan shaxsiy kompyuter yoki smartfonda elektron ta’limni amalga oshirish imkoni borligini sinab ko‘ring. Iltimos quyidagi berilgan tekshirish punktlarini bajargandan so‘ng, imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘ting.


<Sinab ko‘rish usullari>

Quyidagi URL ga kirib, ID va paroldan foydalaning.

*Bu ID va parol faqatgina imtihon topshirish muhitini tekshirib ko‘rish uchun mo‘ljallangan. Imtihon topshirish uchun mo‘ljallangan ID va parol esa, kirish imtihonini topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihoni uchun to‘lov amalga oshirilgandan so'ng beriladi.


Imtihon topshirish uchun elektron ta'lim sayti:https://deli3.study.jp/rpv/


ID: JDU-sample001

Parol: jdu-sample001


<Tekshiriladigan masalalar>

· Videoni eshita olyapsizmi?

· Testga javob bera olyapsizmi?

· So‘rovnomaga javob bera olyapsizmi?

· Inshoni kiritib uni yubora olyapsizmi?

Kirish imtihoni
Universitetga kirish imtihoniga hujjat topshirish
Yuqorida kelgan ma'lumotlar bilan tanishib chiqqanlar,
quyidagi tugma orqali kirish imtihoniga hujjat topshiring.
Kirish imtihoniga hujjat topshirish

O'tgan qabul: 2020-yil oktabr oyi qabuli

Kirish imtihonlari natijalari e’loni

O'tgan qabuldagi topshirganlarning kirish imtihon natijalarini quyidagi tugma orqali ko'rishingiz mumkin.