Abituriyentlar uchun

Muhim sanalar ro'yxati
2022/2023-o'quv yili uchun qabul.
1
13-yanvar: qabul yakunlanadi
Imtihon to'lovini hujjat topshirgandan keyingi kuni amalga oshiring. Topshirgan abituriyentlar soniga qarab, qabul ertaroq to'xtatilishi ham mumkin.
※Hujjat topshirgandan keyin 24 soat davomida imtihon to'lovi qabul qilinadi.
*Agar 24 soat davomida imtihoni to'lovi amalga oshirilmasa, hujjat topshirish jarayoni bekor qilinadi.
2
17-yanvardan
30-yanvargacha: imtihon davri
Imtihon onlayn ko'rinishda bo'lib, 2 hafta davom etadi.
3
3-fevral: imtihon natijalari
3-fevral 12:00 da imtihon natijalari saytda e'lon qilinadi.
4
7-fevraldan
21-fevralgacha: Universitetga kirish jarayoni
Imtihondan o'tgan abituriyentlar bilan shartnoma imzolanadi va abituriyentlar o'quv to'lovini amalga oshiradilar.
*Hujjat topshirishdan oldin, universitet shartlari bilan tanishib chiqing!
2022/2023-o'quv yiliga qabul shartlari

Qabul kvalifikatsiyasi
1. 11 yillik maktab, litsey yoki kollej bitiruvchilari; (2022 yil bitiruvchilari)
2. Universitetni bitirgach Yaponiyaga borib, Yaponiyadagi kompaniyalarda ishlashni xohlovchilar;
3. 2022-yil 1-oktabrda yoshi 17 dan 21 gacha bo'lganlar.


※ 2022-yil iyun oyida o'qishni bitiradigan hamda hozirda maktabda 11-sinf, litsey va kollejni bitirish arafasidagilar hujjat topshira oladilar.
※Yapon tilini o'qigan bo'lishlik shart emas.
※Avvaldan yapon tilini o'rganib, JLPT imtihonidan o'tganlar ham ushbu kirish imtihonini topshirishlari kerak bo'ladi.
※JDUda rus guruhlar yo'q.
Agar siz yuqoridagi talablarga rioya qilmay ariza topshirsangiz, kirish imtihonlari uchun to'lov qaytarilmaydi.
Imtihon haqida
JDUning kirish imtihonlari onlayn bo'lib, 2 hafta davom etadi. O'qishni tamomlagandan so'ng Yaponiyada IT muhandis sifatida ishlash maqsad qilib qo'yilganligi sababli, asosiy e'tibor matematik qobiliyat va yapon tilini o'zlashtirish darajasiga qaratiladi.

Kirish imtihonlari davrida yapon tili boshlang'ich daraja darslariga onlayn qatnashish orqali yapon tili o'rganiladi va shunga ko'ra natijalar hisoblanadi. Shu bois, agar siz yapon tilini bilmasangiz ham, aslo tashvishlanmang.
* Imtihon topshirish uchun kompyuter va internet muhiti yoki smartfon kerak bo'ladi.

Kirish imtihoni uchun to'lov

200 000 so'm

To'lov usuli:

Payme

*To'lov qilish uchun ma'lumotlar, ariza topshirilgandan so'ng SMS xabari orqali jo'natiladi.


To'lov muddati
To'lov amalga oshirish muddati: Hujjat topshirgandan so'ng 24 soat davomida.
Agar 24 soat davomida to'lov amalga oshirilmasa, topshirilgan hujjatlar bekor qilinadi.

Imtihon topshiriladigan fanlar va vazifalar
Imtihon "imtihon platformasida"bo'lib o'tadi. Imtihon uchun to'lov amalga oshirilgandan so'ng, platforma uchun login va parol yuboriladi. Platformadagi barcha vazifalarni bajarish kerak bo'ladi.

Vazifalar quyidagicha:
- Motivatsion xat yozish (500 ta harf doirasida)
- "Boshlang'ich yapon tili" o'quv videoroliklarni ko'rib o'rganib chiqish.
- "N5 kursi" ga qatnashish
- ZOOM orqali yapon tili darsi
- Yapon tili testi (test "Boshlang'ich yapon tili" o'quv videoroligi asosida tuzilgan)
- Matematika fanidan test
Imtihon platformasini sinab ko'rish uchun
Imtihonga ariza topshirishdan oldin, iltimos, imtihon jarayonida ishlatiladigan kompyuter yoki smartfonda elektron ta'lim olish imkoniyatini tekshirib ko'ring.
Iltimos, kirish imtihoniga ariza topshirishdan oldin quyidagi mazmunlarni tekshirib ko'ring.


Quyidagi URL ga kirib, ID va paroldan foydalaning.
*Bu ID va parol faqatgina imtihon topshirish platformasini tekshirib ko'rish uchun mo'ljallangan.
Imtihon topshirish uchun mo'ljallangan ID va parol esa, ro'yxatdan o'tib, kirish imtihoni uchun to'lov amalga oshirilgandan so'ng beriladi.

Imtihon topshirish uchun elektron ta'lim sayti:http://deli3.study.jp/rpv/?multi

ID: JDU-sample001
Parol: JDU-sample001

<Quyidagilarni tekshirish kerak bo'ladi>
・ Videoni ko'rib bo'lyaptimi
・ Testni javobini belgilab bo'lyaptimi
・ Anketani javobini belgilab bo'lyaptimi
・ Inshoni yozib topshirib bo'lyaptimi
Qabul shartlari va eslatmalar
・Biz Yaponiyada ishlashga tayyor bo'lgan va IT sohasida jamiyatning rivojlanishiga hissa qo'sha oladigan kadrlarni yetishtiramiz. Buning uchun maqsad sari intilib, katta rejalar qo'yib o'z ustida ishlab,bor kuchi bilan harakat qilishi,davomiy bilimlarni egallashi ko'zda tutilgan.

・Ushbu kirish imtihoni, Yaponiyadagi universitet kirish imtihonlariga qo'shiladigan mazmunlarni ham o'z ichiga oladi, shunga ko'ra maktabda o'rganilgan bilimlarning o'zi bilan to'liq ball ola olish uchun tuzilmagan. Ballar o'zaro baholash mezonida bo'lib, yuqori ball to'plaganlardan tanlanib olinadigan uslubda bo'ladi.
Buning uchun, qancha bal bilan imtihondan o'tish mezoni oldindan belgilanmagan. Shuningdek, imtihonda olinadigan ballar bilan bir yo'sinda kun davomidagi ta'lim olish jarayoni va shug'ullanish holatini platformada qolgan ko'rsatkichlarni tahlil qilib belgilanadi. Shunday baholash uslubidan kelib chiqib, imtihonda olingan balning o'zi umumiy olinadigan balning bir qismi sifatida hisoblanadi.

・Kirish imtihonlarining ballash mezoni
Bunda, 2 haftalik elektron ta'lim imtihoni (yapon tili imtihoni natijasi, matematika natijasi va boshqa kurslarni topshirganlik darajasi, o'tagan vaqti, zarur hujjatlarning topshirilganligi, ZOOM sinfxonasiga qatnashganlik darajasi kabilar) natijasi ball qiymatda umumiy natijaga asos qilib olingan.
Kirish imtihoniga ariza topshirishda kerakli ma’lumotlar va topshiriladigan hujjatlar
Kirish imtihoniga ariza topshirishda kerakli ma’lumotlar
・F.I.Sh. (ingliz tilida);
・Manzil;
・Telefon raqam (SMS va Telegramda xabar boradigan telefon raqami);
・Elektron pochta manzili;
・Tug'ilgan sana (Kun, oy, yil);
・Yosh;
・Oxirgi bitirgan (2022 yil bitiradigan) ta'lim muassasasi haqida ma'lumot (ta'lim muassasasining nomi);

Topshiriladigan hujjatlar
・Pasport nusxasi (yuz surati aks etgan sahifa);

・(Faqat borlar) "JLPT" va "NAT test" sertifikati nusxasi;

・(Grant xohlovchilar uchun) Fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organ (Mahalla)lar tomonidan beriladigan kam ta'minlanganlik to'g'risidagi ma'lumotnoma

Imtihondan muvaffaqqiyatli o'tgandan so'ng topshiriladigan hujjatlar
※Hujjat topshirish vaqtida kerak bo'lmasada, imtihondan muvaffaqqiyatli o'tgandan so'ng quyidagilarni topshirish kerak bo'ladi:

・Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim (maktab, kollej va litsey)ni bitirganlik guvohnomasi;

・Tibbiy ma'lumotnoma («№086» shakl);

・O'qish to'lovi to'lovchisining daromadi va garovga qo'yiladigan mol-mulkka egaligini tasdiqlovchi hujjat (B kvotaga o'qishga kirilganda, hamkor bankka topshirish uchun kerak bo'ladi).

Qabul kvotasi va kvota bo'yicha to'lov
Qabul kvotasi
2022/2023-o'quv yili qabul.
※Imtihon natijalari kirish imtihonida ko'rsatilgan reyting asosida belgilanadi va quyidagi 4 xil kvota bo'yicha tasniflanadi.
*kvota haqida batavsilroq "O'qish to'lovi" sahifasini tekshiring.>O'qish to'lovi

Kvota bo'yicha to'lov
Yiliga kontrakt to'lovi 61 600 000 so'm
Ushbu summaning 12 600 000 so'mi odatiy to'lanadi. Qolgan 49 000 000 so'm, abituriyentni qanday imtihonni topshirishiga qarab to'lanadi.

Abituriyentlarning imtihonni qanday topshirishlariga qarab, ular 3 guruhga bo'linadi:

Grantlar guruhi : (Bu guruhda ta'lim to'lovi bo'lmaydi. Imtihon faqat kam ta'minlanganlar o'rtasida o'tkazilib, eng yuqori to'plaganlar saralab olinadi).

A kvota: Talabalar har yili 12 600 000 so'm miqdorida kontrakt to'lovini to'laydilar, qolgan 49 000 000 so'mni "JDU qarz tizimi" dan foydalana oladilar. "Kovork" daromadli amaliy mashg'ulot orqali yoki kelajakdagi daromadlaridan qaytarishlari evaziga JDU tomonidan beriladigan qarz tizimidan foydalana oladilar. Ishga joylashmaguncha to'lov yaxlab turadi.

B kvota: Bu yerda ham "A" guruhida bo'lgani kabi. Faqat birinchi yil siz hamkor-bank bo'lgan "Asia Aliance Bank"dan 49 000 000 so'mni to'lash uchun kredit olishingiz kerak bo'ladi. Bu hamkorlikdagi-bank bo'lgani uchun foizsiz kredit beradi.

Bundan tashqari universitetni kovorking dasturi bor. Kovorkingda talabalar guruh bo'lib, universitet tomonidan beriladigan vazifalarni bajarib daromad olishadilar. Bu daromadning 60% kontrakt to'lovini to'lashga qaytariladi. Yaxshi ko'rsatkichlarni ko'rsatgan talaba o'qish oxirigacha to'lovni to'liq to'lab qo'yishi mumkin.


C kvota: "JDU qarz tizimi" amal qilmaydigan kvota, barcha o'qish to'lovini odatiy davrda to'lashi kerak bo'ladi.


※Kvotalar bo'yicha tushuntirish bilan bataftsil tanishish uchun "O'qish to'lovi" sahifasiga qarang. Ta'lim to'lovi sahifasi
Yo'nalish va o'quv yillari
Fakultet va yo’nalishlar:
1) Muhandis-dasturchi yo’nalishi
2) Kompyuter grafikasi va dizayn yo’nalishi

O'qish muddati: eng kami 4.5 yil
O’quv yili oktabrdan boshlanadi. 6 oylik muddat 1 semestr sifatida yuritiladi. Bir yillik o'quv yili
semestrining davomiyligi quyidagicha bo’ladi:
1-semestr: oktabr-mart
2-semestr: aprel-sentabr

JDUning nizomi bilan tanishish: JDU nizomi
Ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi bilan tanishish: Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi




Ma'lumot to'ldirish shakli
Ism:
Familiya:
E-mail:
Telefon:
Biz haqimizda qayerdan eshitdingiz?
Savolingiz:
("Yuborish" tugmasini bosish orqali siz Japan Digital University dan xat olishga rozilik bildirasiz)
Made on
Tilda