Universitetga kirish
jarayoni haqida ma'lumot
3-qabul B kvotadan o'tgan abituriyentlar uchun

Reja
Kirish imtihonlari natijasi e'lon qilingan vaqtdan darslar boshlangunga qadar
12-may
12-may
Kirish imtihonlari natijasi e'loni (onlayn)
B kvotadan o'tgan abituriyentlar, Asia Alliance bankga taqdim etiladigan ma'lumotlarni shakl orqali topshiring. (Batafsil ma'lumot uchun "Shakl orqali topshiriladigan hujjatlar" sahifasini ko'ring)
14- va 16-may
14- va 16-may
Universitetga kirish jarayoni haqida seminar (onlayn)
Imtihondan o'tgan abituriyentlar uchun, onlayn va oflayn tarzda universitetga kirish jarayoni haqida tushuntirish beriladi. Onlayn seminar ZOOM orqali o'tkaziladi. 2 marta bir xil mazmundagi seminar o'tkaziladi. Ulardan biriga qatnashish lozim. Ushbu seminarda ota-onalar ham qatnashishlari tavsiya etiladi.

14-may (Shanba) 15:00 Oflayn (JDU o'quv binosida)
14-may (Shanba) 17:00 Onlayn
16-may (Dushanba) 15:00 Oflayn (JDU o'quv binosida)
16-may (Dushanba) 17:00 Onlayn

★ZOOM URL:
https://zoom.us/j/97727864077
27-may
27-may
Shakl orqali topshiriladigan hujjatlarni topshirish muddati.
(Batafsil ma'lumot uchun "Universitetga kirish jarayoniga tayyorgarlik" sahifasini ko'ring)

27-may
27-may
JDU kotibiyatiga taqdim etiladigan hujjatlarni topshirish muddati. (Batafsil ma'lumot uchun "Universitetga kirish jarayoniga tayyorgarlik" sahifasini ko'ring)

Qabul muddati: 14-maydan 27-maygacha
JDU o'quv binosi/ qabul vaqti: 10:00-16:00
Xaritani ochish
* Iltimos, belgilangan muddatgacha o'zingizga qulay vaqtda keling.
* Yakshanba va ta'til kunlari hujjat qabul qilinmaydi.
Hamkorlikdagi bankka taqdim etiladigan hujjatlarni elektron shaklda topshirish mumkin.
31-may
31-may
Hamkorlikdagi bank tomonidan beriladigan kredit natijalari to'g'risida xabarnoma
*Rejalashtirilgan
31-maydan 20-iyungacha
31-maydan 20-iyungacha
Odatdagi davrda to'lanadigan o'qish to'lovini amalga oshirish
Agar 20-iyunga qadar o'qish to'lovi amalga oshirilmasa, imtihon natijalari bekor qilinadi.
31-maydan
31-maydan
Hamkorlikdagi bankdan kredit olish uchun ariza.
Hamkorlikdagi bank (Asia Alliance bank) ga borib shartnoma imzolang.
1-oktabr
1-oktabr
Universitetga qabul marosimi
Marosim joyi: Jahon Tillari Universitetining asosiy binosining 2-qavatidagi marosimlar zali.
*100106, Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik Halqa Yo'li 21A (Jahon tillari universiteti ichida)

Marosim sanasi va vaqti: 1-oktabr 15:30 da marosim zali ochiladi 16:00 da boshlanadi.

3-oktyabr
3-oktyabr
Dars boshlanadigan kun
JDU o'quv binosida darslar boshlanadi.
Universitetga kirish jarayoniga tayyorgarlik
O'qishga kirish bo'yicha tushuntirish seminaridan so'ng, quyida berilgan hujjatlarni tayyorlang, muddat davomida topshiring va to'lovni amalga oshiring. Muddat davomida amalga oshirilmasa, universitetga kirish bekor qilinishi mumkin.
1.JDU kotibiyatiga taqdim etiladigan hujjatlar
topshirish muddati: 27-may 16:00 gacha
Qabul muddati: 14-maydan 27-maygacha
JDU o'quv binosi/ qabul vaqti: 10:00-16:00
Xaritani ochish
Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi
Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi - bu JDU va talaba o'rtasida tuziladigan shartnomadir. Ushbu shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab, abiturient JDU talabasi hisoblanadi.
Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasini quyidagicha topshiring.

1-1. Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasini quyidagi tugma orqali yuklab, 2 asl nusxada chiqartiring.
>>Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi
1-2. Mazmunini tekshiring.
1-3. Mazmunga doir muammo bo'lmasa, kerakli ma'lumotlarni kiritib, yuklab oling.
*Uch tilda ma'lumot berilgan.
*Mazmunini tekshirib, chop eting va imzolang.
1-4. 2 asl nusxada 27-maygacha JDU kotibiyatiga olib keling.

② Daromadni taqsimlash va "Kovork" amaliyot dasturi to'g'risidagi kelishuv (Daromadni taqsimlash shartnomasi)

Daromadni taqsimlash va kovork bilan bog'liq kelishuv (quyida "ISA shartnomasi") - bu o'qish davrida Yaponiya bilan masofaviy tarzda ish bajarib, ishlash mahoratlarini o'zlashtiradigan amaliy fan "kovork amaliyot fani", hamda "JDU qarz tizimidan foydalanib to'lasa bo'ladigan o'qish to'lovini", keyinchalik to'lash imkoniyatini beradigan shartnoma hisoblanadi.
ISA shartnomasini quyidagicha topshiring.

2-1. ISA shartnomasini quyidagi tugma orqali yuklab, 2 asl nusxada chiqartiring.
>>ISA shartnomasi
2-2. Mazmunini tekshiring.
2-3. Mazmunga doir muammo bo'lmasa, kerakli ma'lumotlarni kiritib, yuklab oling.
*Uch tilda ma'lumot berilgan.
*Mazmunini tekshirib, chop eting va imzolang.
2-4. 2 asl nusxada 27-maygacha JDU kotibiyatiga olib keling.

③ Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim (maktab, kollej va litsey)ni bitirganlik guvohnomasi
*2022-yil bitiruvchilari, bitirgandan so'ng taqdim qilishlari mumkin
④ Tibbiy ma’lumotnoma («№086» shakl)

2.Shakl orqali topshiriladigan hujjatlar

(Faqat B kvotadan o'tgan abituriyentlar ) Hamkorlikdagi bank tomonidan beriladigan foizsiz kredit uchun ariza
topshirish muddati: 27-may 18:00 gacha
1-yillik "JDU qarz tizimi"dan foydalanib to'lash mumkin bo'lgan o'qish to'lovi uchun hamkorlikdagi bank tomonidan foizsiz kredit olish mumkun.
Quyidagi ko'rsatmalar orqali ariza topshiring, kredit oling va o'qish to'lovini amalga oshiring.

◆To'lov qilinadigan summaning jami:
"JDU qarz tizimi"dan foydalanib to'lash mumkin bo'lgan o'qish to'lovi: 49 000 000 so'm

◆ Taqdim etiladigan hujjatlar
① Ariza beruvchining (kafil) pasporti
 * oldi va orqa sahifasi
② Daromad to'g'risida ma'lumotnoma
③ Garovga qo'yiladigan mol-mulk (fotosurat, ma'lumotko'rsatilgan ma'lumotnoma)

◆ Ariza topshirish tartibi:
1. O'qishga kirish bo'yicha tushuntirish seminarda qatnashing.

2. 21-fevralgacha kerakli hujjatlarni quyidagi tugma orqali JDUga topshiring. Hamkorlikdagi bankka taqdim etiladigan hujjatlarni (PDF / rasm formatida) elektron shaklda topshirish mumkin.
Shundan so'ng, JDU bankka arizalarni taqdim qiladi.

3. Natijalar bank tomonidan JDUga xabar beriladi (31-may).
*Rejalashtirilgan
Kreditga layoqatlilik tekshiruvidan o'tgan bo'lsangiz, bankka borib ushbu ariza bilan murojaat qiling.

4. Odatdagi davrda to'lanadigan o'qish to'lovini amalga oshiring

5. Asia Alliance bank bilan shartnoma imzolab bankdan kredit olganingizdan so'ng, JDUga o'qish to'lovi bank tomonidan amalga oshiriladi. To'lov togrisidagi ma'lumotnomani JDUga tag'dim qilish kerak bo'ladi.
3.Odatdagi davrda to'lanadigan o'qish to'lovini amalga oshirish
To'lovini amalga oshirish muddati: 31-maydan 20 -iyungacha
◆To'lovning umumiy miqdori: 6 300 000,00 so'm

Belgilangan muddat ichida o'qish to'lovini amalga oshiring.
Hamkorlikdagi bankdan foizsiz kreditga layoqatlilik tekshiruvidan o'ta olmaydigan holatlar ham borligi sababli, 8-oktyabrdan oldin to'lovni o'tkazib yuboramaslikka ehtiyot bo'ling.

◆To'lov usuli: Bank orqali amalga oshirish
Imzolangan "Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi" ni bankga olib borib, to'lovini amalga oshiring. Shundan so'ng, to'lov togrisidagi ma'lumotnomani JDU kotibiyatiga tag'dim qiling.
4.Qanday kompyuter kerak?
JDUda darslar kompyuter orqali olib boriladi.
Shuning uchun, ​o'qish boshlanadigan, oktyabr oyiga qadar,
quyidagi shartlarga javob beradigan kompyuter va uy sharoitida o'qish uchun internet ta`minotini tayyorlashingizni so'raymiz.

Operatsion tizim
Windows 10dan yuqorisi yoki eng so’nggi versiya
macOS 10.11dan yuqorisi yoki eng so’nggi versiya

◆Brauzer
Windows: Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Edgening so’nggi versiyalari
macOS: Google Chrome, Mozilla Firefox, Safarining so’nggi versiyalari

◆Internet tarmog’i
Kamida 1 Mbps tezlikdagi barqaror internet muhiti
Barqaror simsiz internet muhiti

◆Dasturiy ta’minot
Microsoft Office
PDFni ocha oladigan dasturiy ta’minot

◆Veb-kamera
※Qurilmangizda o’rnatilgan (tashqi emas) old kamera bo’lishi kerak
1280x960 (1,200,000 pikselli) veb-kamera bo'lishi kerak
Universitetga qabul marosimi
2022-yil 1-oktabr Universitetga qabul marosimi
Marosim joyi: Jahon Tillari Universitetining asosiy binosining 2-qavatidagi marosimlar zali.
*100106, Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik Halqa Yo'li 21A (Jahon tillari universiteti ichida)

Marosim sanasi va vaqti: 1-oktabr 15:30 da marosim zali ochiladi 16:00 da boshlanadi.
Talabalik hayoti haqida
Yotoqxona bormi?
Bundan keyin o'ylab ko'ramiz, hozircha yo'lga qo'yilmagan.
Barcha ta'limni kompyuter orqali olinadimi? Masofadan ham o'qiy olamizmi?
JDU darslarida kompyuter ishlatilsada, diskussiya, prezentatsiya taqdimoti va yuzma-yuz dars kabilar ham borligi sababli, o'quv binosiga qatnash kerak bo'ladi. Shuning uchun masofadan ta'lim olishga ruxsat berilmagan.
※Koronavirus holatiga ko'ra o'zgarish ehtimoli bor.
Dars vaqti soat nechchidan nechchigacha bo'ladi? O'qib turib ishlash mumkinmi?
Odatdagi ta'lim rejasi, dushanbadan shanbagacha soat 09:00dan 18:00gacha dars bo'ladi. Darsga qatnasha olsangiz, darsdan tashqari vaqtda ishlash bo'yicha muammo bo'lmaydi.
Kiyinishda belgilangan tartib bormi?
O'g'il bolalar och rangli ko'ylak, to'q rangli shimda, qiz bolalar esa och rangli kofta va to'q rangli yubkada kelishlari kerak.
Universitetda qanday koronavirusni oldini olish choralari ko'ryabsizlar?
・Xodimlar ishga niqob bilan kelishmoqda va binoga kirayotganda antiseptik vositadan foydalanishmoqda.
・Eshik va stollarga muntazam spirtli antiseptik vosita sepib turilmoqda.
Kutubxona bormi?
JDU o'quv binosida kutubxona bor (hozirda tayyorgarlik ko'rilmoqda). Bundan tashqari Jahon tillari universiteti kutubxonasidan ham foydalanish mumkin.
JDU darslarida foydalaniladigan til qaysi?
Darslar o'zbek va yapon tilida olib boriladi. Rus tili guruhlari mavjud emas. 
Manba: JDU nizomi
JDU nizomi bilan quyidagi tugma orqali tanishib chiqing.
Made on
Tilda