2023/2024-o'quv yili uchun
7-qabul
Kirish imtihonlaridan qabul qilinganingiz bilan tabriklaymiz

JDU qabul bo'limiga taqdim etiladigan hujjatlar bilan quyida tanishib chiqing
Universitet to'lov-kontrakt summalari haqida
Universitetimizning yangi kampusi bilan tanishing!
Universitetga kirish jarayoni bo'yicha yo'riqnoma
Universitetga kirish jarayoni
26-sentabr
26-sentabr
Kirish imtihonlari natijasi e'loni (onlayn)
2-oktabr
2-oktabr
Universitetga qabul marosimi
Marosim joyi: Japan Digital University kampusi, faollar zali.
Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Alixon To'ra So'g'uniy ko'chasi, 49-uy

Marosim sanasi va vaqti: 2-oktabr 14:30 da marosim zali ochiladi 15:00 da boshlanadi.
3-oktabr
3-oktabr
Dars boshlanadigan kun
JDU o'quv binosida darslar boshlanadi.
JDU kotibiyatiga taqdim etiladigan hujjatlar!
(topshirish muddati 28-sentyabrgacha)
  • Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi
    Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi - bu JDU va talaba o'rtasida tuziladigan shartnomadir. Ushbu shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab, abiturient JDU talabasi hisoblanadi.
    Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasini quyidagicha topshiring.

    1-1. Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasini quyidagi tugma orqali yuklab, 2 asl nusxada chiqartiring.
    (JDUning kontrakt to'lovi tizimi ikki xil turda to'lov imkoniyatini taqdim etganligi sababli, kirish imtihonlaridan qabul qilingan barcha abituriyentlar quydagi shartnomalarni birida shartnoma imzolashlari mumkin bo'ladi)
    Standart to'lov tizimida shartnoma imzolamoqchi bo'lganlar uchun
    ① Standart to'lov usuli shartnomasi
    JDU qarz-sarmoya to'lov tizimida shartnoma imzolamoqchi bo'lganlar uchun
    ① Qarz (sarmoya) tizimidan foydalanib ta'lim to'lovini to'lash usuli (A kvota)
    ② Qarz (sarmoya) tizimidan foydalanib ta'lim to'lovini to'lash usuli (B kvota)
    1-2. Mazmunini tekshiring.
    1-3. Mazmunga doir muammo bo'lmasa, kerakli ma'lumotlarni kiritib, yuklab oling.
    *Mazmunini tekshirib, chop eting va imzolang.
    1-4. 2 asl nusxada JDU kotibiyatiga olib keling.

    JDU qabul bo'limining ish vaqti:
    dushanbadan - shanbaga qadar soat 9:00 - 17:00
    batafsil ma'lumot uchun kol-markazimizga murojaat qiling:
    +998 71 200 05 95
  • Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim (maktab, kollej va litsey)ni bitirganlik guvohnomasi
  • Tibbiy ma'lumotnoma («№086» shakl)
Made on
Tilda