YANGILIKLAR

A'zamjon Nemadaliyev bilan master-klass bo'lib o'tdi

"Alif Fintech" kompaniyasi yetakchi mutaxassisi, bir nechta startap'larning investori va amaliy tashkilotchisi, “isystem” loyihasi asoschilaridan biri hisoblangan A'zamjon Nemadaliyev bilan universitetimizda master-klass tashkil etildi.


🎯 "IT sohasida samaradorlikni oshirish" mavzusida mehmonimiz bilan kecha universitetimizda master-klass bo'lib o'tdi. Suhbat davomida spikerimiz: IT sohasida kimlar ishlay olishi, IT mutaxassisi qanday qiyinchiliklarga tayyor turishi, har qanday biznes yoki yangi loyihani boshlashda nimalarga e'tibor berish kerakligi, samaradorlikni qanday oshirish mumkinligi haqida o'z tajribalarini bo'lishdilar.


Bu safargi master-klass oldingilaridan o'zgacha talqinda bo'lib o'tdi. Spikerimiz talabalarimizni qiziqtirgan har bir savolga individual yondashgan holda o'zlarini yechim va takliflarini berib o'tdilar. Ushbu master-klass barcha talabalarimiz uchun manfaatli bo'ldi, degan umiddamiz.