Yangiliklar

Japan Digital University talabalari Yaponiyaning Sanno universiteti diplomini qo‘lga kiritdi

Japan Digital University talabalari Yaponiyaning Sanno universiteti diplomini qo‘lga kiritdi

🌏 JDUning 22 nafar talabasi universitetning Yaponiyadagi nufuzli hamkorlaridan biri — Sanno Universityning 2 yillik bakalavriat dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, xalqaro darajadagi diplomga ega bo‘ldi.
⚡️ Shu munosabat bilan Japan Digital University'da tantanali diplom topshirish marosimi tashkil etildi. Tadbirda universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, yosh mutaxassislarni hayotidagi ushbu muhim ta'lim bosqichini bosib o'tganliklari bilan qutladi. Shuningdek, bitiruvchilarning kelgusi faoliyatida va xalqaro miqyosdagi karyerasida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
ℹ️ Ma’lumot o‘rnida: JDU o‘z talabalariga ta’lim jarayonida hamkorlik dasturlari orqali bir vaqtning o'zida bir nechta oliygoh diplomini qo‘lga kiritish hamda xalqaro mehnat bozoriga tayyor mutaxassis bo'lib yetishish imkoniyatini taqdim etadi.

Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda!