Japan Digital University talabalari Yaponiyaning Sanno universiteti diplomini qo‘lga kiritdi
2026-05-26 09:52
Japan Digital University talabalari Yaponiyaning Sanno universiteti diplomini qo‘lga kiritdi
🌏 JDUning 22 nafar talabasi universitetning Yaponiyadagi nufuzli hamkorlaridan biri — Sanno Universityning 2 yillik bakalavriat dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, xalqaro darajadagi diplomga ega bo‘ldi.
⚡️ Shu munosabat bilan JapanDigitalUniversity'da tantanali diplom topshirish marosimi tashkil etildi. Tadbirda universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, yosh mutaxassislarni hayotidagi ushbu muhim ta'lim bosqichini bosib o'tganliklari bilan qutladi. Shuningdek, bitiruvchilarning kelgusi faoliyatida va xalqaro miqyosdagi karyerasida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
ℹ️ Ma’lumot o‘rnida: JDU o‘z talabalariga ta’lim jarayonida hamkorlik dasturlari orqali bir vaqtning o'zida bir nechta oliygoh diplomini qo‘lga kiritish hamda xalqaro mehnat bozoriga tayyor mutaxassis bo'lib yetishish imkoniyatini taqdim etadi.