🇯🇵 Yaponiyaning Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi delegatsiyasi Japan Digital University'ga tashrif buyurdi
🏢 Bugun universitetimizda muhim va yuqori martabali mehmonlarni kutib oldik. Yaponiyaning Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi (METI) maslahatchisi Tsujisaka xonim boshchiligidagi delegatsiya Japan Digital University (JDU) faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida maxsus tashrif bilan keldilar.
🤝 Tashrif davomida mehmonlar JDU'dagi zamonaviy ta'lim uslublari, talabalar uchun yaratilgan raqamli infratuzilma hamda yapon tili va IT yo'nalishlaridagi o'quv dasturlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, uchrashuvda O'zbekiston va Yaponiya o'rtasida raqamli ta'lim sohasidagi aloqalarni yanada chuqurlashtirish, qo'shma loyihalarni amalga oshirish, qolaversa, talabalarimiz uchun Yaponiyaning nufuzli IT va biznes kompaniyalarida amaliyot o'tash hamda muvaffaqiyatli karyera qurish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
📈 Tsujisaka xonim va delegatsiya a'zolari universitetimizda xalqaro standartlar asosida yetuk IT mutaxassislarini tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdilar. Ushbu tashrif JDU va Yaponiyaning nufuzli tashkilotlari o'rtasidagi mustahkam ishonch va strategik hamkorlikning yorqin namunasidir.