YANGILIKLAR

Tarixiy Natija !!!

Joriy yilning 18-mart oyida Buxoro shaxrida O’zbekistondagi Yaponiya elchixonasi hamda Yaponiya Fondi ko’magi ostida “O’zbekistonda 31-bor o’tkazilayotgan yapon tili notiqlik san’ati” tanlovi bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovda Japan Digital university talabalari ham ishtirok etib, eng yuqori o'rinlarni qo'lga kiritishdi.
Eng quvonarli jihati, universitetimiz tarixida ilk bor bunday ko'rik tanlovda qatnashishiga qaramay talabalarimiz ushbu tanlovda maxsus mukofot bilan taqdirlandi.
Japan Digital University tashkil etilganligiga endigina 3 yil bo'lganiga qaramay, talabalarga Yapon tili darslari chuqurlashtirilgan holatda o'tilishi yuqoridagi yangilikdan ham ma'lumdir.
27 qatnashuvchilar va 6 nafar sovrnli o'rinlar orasidan quyidagi talabalarimiz Respublika bosqichi tarixida ilk marotaba bunday natija ko'rsatib, Japan Digital University ustozlari, qolaversa universitet nomini yanada yuqoriga ko'tarishdi:

1-o'rin Muhamedova E'zoza
2-o'rin Kenjayeva Malika
3-o'rin Botirov Saydiaxror
5-o'rin Hamdamov Umid
Ushbu talabalarimizni Universitet jamoasi nomidan tabriklagan holda, Bishkek shahrida o'tkaziladigan MDH davlatlari bosqichida zafarlar tilab qolamiz!