YANGILIKLAR

Japan Digital University talabalari Qirgʻizistondagi Markaziy Osiyo bosqichida 26-bor o'tkazilgan "Yapon tili notiqlik san'ati" ko'rik tanlovida ishtirok etib, gʻolib bo'lishdi

Japan Digital University talabalarini Qig'izistondagi Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida boʻlib oʻtgan "Yapon tili notiqlik sanʼati" ko'rik tanlovida erishgan muvaffaqiyati va ajoyib yutugʻi bilan tabriklaymiz!

Iqtidorli talabalarimiz Muxamedova E'zoza va Botirov Saidaxror o'zlarining yuksak mahorati va yorqin so'zlashuv qobiliyatlarini namoyish etib, 1 va 2-o'rinlarni egallashganini mamnuniyat ila e'tirof etishimiz mumkin.

Ularning ishonchli chiqishlari va mavzuni chuqur o‘zlashtirgani hakamlar hay’ati va tomoshabinlarda chinakam shov-shuvga sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston tarixidagi bu ajoyib natija notiqlik san’ati bo‘yicha mukammal tayyorgarlik ko‘rganimizni tasdiqlaydi hamda yurtimizni ushbu yo'nalishda yuksalishida zamin yaratib beradi.

Talabalar o‘z taqdimotlarida yuqori darajadagi professionallik hamda qat'iylikni namoyish etishgani uchun ularga alohida minnatdorchilik bildirib qolamiz.