6-13 fevral kunlari Yaponiya iqtisodiyot va savdo-sanoat vazirligi hamda tibbiyot sohasidagi 9 ga yaqin korxonalar vakillari yurtimizda bo'lib turishibdi.
Ular O'zbekistonning biznes muhitini o'rganish bilan bir qatorda, hozirda yurtimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan yapon loyihalari bilan tanishish uchun universitetimizga ham tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar tomonidan kichik chiqishlar qilinib, universitetimizda yaratilgan shart-sharoitlar, erishilgan yutuqlar haqida to'xtalib o'tildi.