Yangiliklar

👋 JDUning yangi talabalari, shu yerdamisiz?

Bilamiz, o'qish tezroq boshlanishini va talabalik hayotiga qadam qo'yishni intiqlik bilan kutyapsiz. Biz ham sizlar bilan tezroq yuz ko'rishishga shoshilyapmiz!

🎓 Shu sababli, 5-sentabr kuni Japan Digital University'ning 1-kursiga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari uchun maxsus "Qabul marosimi" tashkil qilyapmiz.

Ushbu marosimda bevosita JDU rahbariyati so'z oladi! Ular universitetdagi o'quv jarayonlari qanday tashkil etilishi, ta'lim tizimidagi o'ziga xos yondashuvlar hamda sizni kutayotgan yorqin imkoniyatlar haqida shaxsan o'zlari batafsil ma'lumot beradilar.

Hali hujjat topshirishga ulgurmagan bo'lsangiz, sizda hali ham imkon bor!