YANGILIKLAR

Yaponiyadagi JETRO tashkiloti Bosh direktori Japan Digital University'ga tashrif buyurdi

Yaponiyadagi JETRO tashkiloti Bosh Direktori Nobuhiko Sasaki va kompaniyaning O'zbekistondagi vakili Jun Takahashi Japan Digital University'ga tashrif buyurdi. Bosh direktor O'zbekistonga muvaffaqiyatli loyihalar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurgan edi.
Universitetimizga tashrif davomida Nobuhiko Sasaki talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o'quv qo'llanmalar bilan tanishdi. Dars jarayonlarida ishtirok etib, talabalarimiz bilan suhbat qildi.

Shuningdek, Nobuhiko Saasaki rektorimiz Ravshanbek Mamajonov bilan universitetning kelajakdagi loyiha va rejalari xususida suhbatlashib, har jihatdan qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Tashrif so'nggida universitet jamoasi va talabalarga muvaffaqiyatlar tiladi.

📌 Ma'lumot uchun, JETRO - sanoatni tashkil etish, xalqaro almashinuvni rivojlantirish, Yaponiya iqtisodiyotiga investitsiyalarni oshirish bilan shug'ullanuvchi xalqaro tashkilot.