YANGILIKLAR

Japan Digital University talabalari Yaponiyaning Digital Knowledge kompaniyasiga tashrif buyurishdi

Xabaringiz bor, bir necha kun oldin Japan Digital Universityning 3 nafar talabalari Yaponiyaning Tokio shahriga jo'nab ketishgan edi. Bundan ko'zlangan maqsad, talabalarning o'rgangan bilimlarini amaliyotda qo'llab ko'rish, Yaponiyadagi kompaniyalar faoliyatini o'rganishdan iborat.

Shu sababli talabalarimiz tashrif birinchi kunida Japan Digital Universityning hamkor muassisi hisoblangan Digital Knowledge kompaniyasiga tashrif buyurishdi. Talabalar kompaniya vakillari bilan o'zaro tanishib, kompaniya sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi.

Ayni paytda talabalarimiz Tokio shahrida bo'lib turibdi. Ular o'zlari biriktirilgan kompaniyalarda muntazam ish faoliyatini olib borishmoqda. Talabalarning Tokio shahridagi faoliyati haqida video tarzida ma'lumot berib o'tamiz.