YANGILIKLAR

JDU talabalari intervyusi 02 Xayrullayev Temur

Maqolalar
JDU talabasi Xayrullayev Temurdan JDU haqida so'radik.

Nima uchun JDUni maqsad qilgansiz? JDUning e'tiborga loyiqligi nimada?

JDU O'zbekistondan tashkil topganligi va unda katta imkoniyatlar mavjudligi. Shuningdek, O'zbekistondan turib Yaponiya univesitetining ta'limini olib diplomini qo'lga kiritish imkoniyati ham e'tiborga loyiq.

JDU talabasi bo'lib va  JDUda o'qib olgan ta'surotlaringiz?

Universitet darslari malakali pedagoglar tomonidan talabada tasavvur uyg'onishi uchun juda qiziqarli va sodda tilda tushuntiriladi. Buning uchun talabada ham tirishqoqlik bo'lishi kerak.

Nimani o'rganib, keyin yo'lga qo'ymoqchisiz?

Man hozirda IT manejment sohasida o'qimoqdaman va uni astoydil o'rganib, shaxsiy kompaniyamni yo'lga qo'yishni maqsad qilganman.

Kelajakda Yaponiyada faoliyat yuritmochi bo'lgan maqsadingiz haqida yoriting.

Kelajakda Yaponiyaning eng oldi kompaniyalarida o' z malakamni oshirmoqchiman. Ishonamanki buni albatta amalga oshiraman.

Kelajakdagi orzuingiz haqida.

Orzuyim shuki, Yapon madaniyatini O'zbekistonga yoyilishini hamda yaponiyaliklardek fikrlash va ishlash qobiliyatini kelajak avlodga yetkazishga hissa qo'shishni xohlar edim.

Bundan keyingi JDUga kirishni xohlovchilarga maslahatlaringiz.

JDUga kirishni hohlovchilarga maslahatim shuki, maqsadingizni aniq qiling va unga erishmaguningizcha harakatda to'xtamang.