Yangiliklar

Yangi loyiha: "Senpai Talk"!

2026-06-06 09:57
Yangi loyiha: "Senpai Talk"!

Talabalarimizning o'qishga bo'lgan ishtiyoqini yanada oshirish, kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilab olishlariga yordam berish va ularga real motivatsiya ulashish maqsadida ajoyib loyihaga start bermoqdamiz.

🎓 JDUning muvaffaqiyatli bitiruvchilari bilan qiziqarli offline uchrashuvlar turkumi doirasida — "Senpai Talk" loyihasiga start berdik!

Loyihamizning ilk mehmoni — Yaponiyadagi nufuzli IT kompaniyada muhandis-dasturchi bo'lib faoliyat yuritayotgan faxrli bitiruvchimiz Botirjon G'anijonov.



Kelajakdagi karerangiz uchun muhim bo'lgan insaytlar va ajoyib netvorking imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

📅 Sana: 9-iyun, 2026-yil (Seshanba)

Soat: 13:00

📍 Manzil: JDU, Faollar zali

⚡️ Katta maqsadlar sari ilk qadamni o'z "senpai"larimiz tajribasini o'rganishdan boshlaymiz. Barchangizni kutib qolamiz!