YANGILIKLAR

Marubeni korparatsiyasi vakili Nagahito Miyoshi bilan master-klass bo'lib o'tdi

19-mart universitetimizda uyushtirilgan yana bir master-klassda O'zbekistonda 28 yildan buyon filiali faoliyat yuritib kelayotgan Marubeni korporatsiyasining vakili Nagahito Miyoshi mehmonimiz bo'ldilar.


Marubeni korporatsiyasi - Yaponiyaning eng yirik korporatsiyalaridan biri hisoblanadi. Master klass davomida spikerimiz tomonidan korparatsiyaning O'zbekistondagi faoliyati hamda, Yaponiya korparatsiyalari haqidagi mavzularga alohida to'xtalib o'tildi. Bundan tashqari, Yaponiya kompaniyalariga qanday ishga kirish va qanday kadrlar qadrlanishi borasida ham Nagahito Miyoshi o'z tajribalarini talabalarimiz bilan bo'lishdilar. Ushbu suhbat barcha uchun birdek manfaatli bo'ldi degan umiddamiz.