YANGILIKLAR

Japan Digital University talabalari hamkor Tokio onlayn universitetiga tashrif buyurishdi

Xabaringiz bor, 2022-yilning iyun oyida 1oy muddatga 3 nafar talaba malaka oshirish maqsadida Yaponiyaga uchib ketishgan edi. Bundan avvalgi postlarimizda talabalarning Yaponiyadagi obro'li kompaniyalarga tashrifi haqida ma'lumot bergan edik.

Bu gal talabalarimiz universitetimiz hamkori hisoblangan Tokio onlayn universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar universitetda yaratilgan sharoitlar, ta'lim tizimi, talabalar foydalanadigan kutubxona va har qanday universitetga oid ma'lumotlar bilan tanishishdi.

Ma'lumot sifatida, Tokio onlayn universiteti dunyodagi eng baland binosi bor universitetlar ro'yxatida 2-o'rinni egallaydi.

Tokio onlayn universiteti bilan JDU'ning qanday aloqasi bor deb qiziquvchilar uchun aniq javob:
Japan Digital University Yaponiyaning 3 ta universiteti bilan rasman hamkor hisoblanadi. Bular: Tokio Online University, Otemae university va Sanno university. JDU'ni tamomlagan talabalar rasman 3 ta diplomga, xususan, Japan Digital University diplomi, Yaponiyadagi hamkor universitetlardan birining diplomi va O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti diplomiga ega bo'ladilar. 

Ma'lumot sifatida siz, Davlat oliygohlariga hujjat topshirish bilan bir vaqtning o'zida JDU'ga o'qishga kirish uchun hujjat topshira olasiz.