YANGILIKLAR

JDU IT bo'limi rahbari Lochinbek Boboyev

Lochinbek Boboyev texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Yaponiya Raqamli Universitetida IT bo‘limi rahbari, universitetda IT fanlarini loyihalash va ularni o‘qitish bilan shug‘ullanadi.

1.Universitetimizga qabul qilingan talabalarga IT fanlarini o‘qitish qachon boshlanadi va IT bo‘yicha qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab qilinadi ?

- Universitetga qabul qilingan talabalarga 2-kursni 2-yarimidan yaʼni 2-simestirdan IT fanlarini o‘qitish boshlanadi undan oldin 6 oy davomida yapon tilidan intensive o‘qitiladi. IT fanlarini o‘qitishda talabalardan hech qanday IT bilimlar talab etilmaydi. Visual dasturlash tillarini o‘qitish bilan boshlanadi va ularni o‘rgatishda boshidan boshlab o‘rgatiladi.

2.Talabalarni IT menejment va Grafik Dizaynerlik yo‘nalishlariga ajratish qanday amalga oshiriladi ?

- Vizual dasturlash tili va Javassript dasturlash tillari o‘rgatilgandan keyin talabalarning qiziqishlari va ko‘rsatkichlari bo‘yicha yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi.

3.Universitetimizda qanday dasturlash tillari o‘rgatiladi ?

- Universitetimizda Skratchvisual dasturlash tili, veb dasturlash tili bo‘yicha sliyent side uchun Javassript dasturlash tili, servise side uchun PGP va boshqa dasturlash tili shuningdek maʼlumotlar tuzilmasi va algoritimlar, inson va kampiyuter o‘zaro tasiri, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tili, suniy intelekt lohilarini boshqarish kabi nazariy fanlar ham o‘tkaziladi.

4. Coworking markazida qanday IT loyihalari ishlab chiqiladi ?

- Bugungi kunda universitetimizda talabalarni amaliy loyihalar bilan shug‘ullanishi uchun Coworking markazi tashkil etilgan. Bu markazda dasturlash tillari bo‘yicha veb ilovalar ishlab chiqishmoqda, Grafik Dizayn bo‘yicha kitoblarni sahifalash va uni dizayni bo‘yicha ishlar olib borishmoqda.

5. IT fanlarini o‘qitishda qanday zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi ?

- Asosan IT fanlarini o‘qitishda Yaponiya metodikasidan foydalaniladi. Har haftada Yaponiyalik mutaxassislar tomonidan IT fani o‘qituvchilari uchun muhokama majlislari bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari o‘quvchilarga hozirgi kunda mashhur bo‘lgan Chatgpt suniy intelektidan foydalanish ko‘nikmalari beriladi.

6. Universitetda IT bo‘yicha qanday musobaqa yoki tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan ?

- Universitetimizda har simestir JDU chairmans, IT chellenge musobaqalari o‘tkaziladi unda talabalarning Smestir mobaynidagi faolligi inobatga olinadi va ularning jamovaiy ishlab chiqishi inobatga olinadi. Smestir yakunida ishlab chiqqan loyihalarini Yaponiyadagi IT mutaxasislarga taqdimot qilishadi va sovrinlarga egalik qilishadi. Undan tashqari universitetda IT slub tashkil etilgan.

Hozir axborot asrida yashamoqdamiz farzandlarizga kelajakda yaxshi kadr bo‘lib yetishishi uchun hozirgi imkoniyatlarni taqdim qiling !