Yangiliklar

Yaponiyaning Kaishi ijodiy universiteti prorektori JDUga tashrif buyurdi!

🇯🇵 Yaponiyaning Kaishi ijodiy universiteti prorektori JDUga tashrif buyurdi!

Kuni kecha Japan Digital University'ga Yaponiyaning nufuzli oliygohlaridan biri sanalgan Kaishi ijodiy universiteti (Kaishi Professional University) prorektori Eiko Toyama xonim rasmiy tashrif bilan keldi.

Tashrif davomida martabali mehmon JDUning o'quv binolari, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda oliygohimizdagi ta'lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

🤝 Uchrashuvda ikki universitet o'rtasida o'zaro tajriba almashish, ta'lim sifatini yanada oshirish va kelgusidagi istiqbolli hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Eiko Toyama xonim JDUda yaratilgan haqiqiy yaponcha muhitni hamda talabalarning ilm olishga bo'lgan yuqori ishtiyoqini alohida e'tirof etdi.

Ushbu samarali uchrashuv O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi ta'lim sohasidagi do'stona aloqalarni yanada mustahkamlashga, shuningdek, talabalarimiz uchun yangi xalqaro imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qiladi.

JDU – kelajak sari xalqaro darajadagi qadam! Bizni kuzatishda davom eting.