Yangiliklar

JDU “Rektor Cup” futbol musobaqasiga start bermoqda!

2026-05-20 09:47
JDU “Rektor Cup” futbol musobaqasiga start bermoqda!

Japan Digital University talabalari va xodimlari o‘rtasida kutilgan “Rektor Cup” futbol turniri bo‘lib o‘tadi. O‘z jamoangizni yig‘ing va chempionlik uchun maydonga chiqing!

⚽️ Musobaqa formati va shartlari quyidagicha:

— Turnirda jami 8 ta jamoa kuch sinashadi;

— Har bir jamoa 5 nafar asosiy va 2 nafargacha zaxira o‘yinchisidan iborat bo‘lishi lozim;

— O'yinlar chorak final, yarim final va final shaklida bo'lib o'tadi.

❗️ Barcha o‘yinlar bir kunning o‘zida o‘tkaziladi.

🥇 1-o‘rinni egallagan jamoa a'zolari (7 kishi) uchun maxsus sovg‘a — Samarqand shahridagi tarixiy obidalar bo‘ylab bir kunlik sayohat yo‘llanma taqdim etiladi!

👥 Jamoangizni shakllantiring va belgilangan muddatgacha maxsus Telegram guruhimizga a’zo bo‘lib, ro‘yxatdan o‘ting: https://t.me/+kSYGj5-JumBjNTNi

Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 21-may, soat 18:00

Qur’a tashlash marosimi: 22-may kuni bo'lib o'tadi.