YANGILIKLAR

Yaponiyaning "Challenge and Lead" tashkiloti Japan Digital University kampusida talabalar bilan jonli subbat o’tkazdi.

Eng ko’p suriladigan hayol - bo’lajak kasbingiz haqida o’ylangan chuqur hayoldir!

Kuni kecha Yaponiyadagi mashhur rekruting, ya’ni ishga joylashishda ko’mak beruvchi CAL (Challenge and Lead) tashkiloti Japan Digital University kampusida talabalar bilan jonli subbat o’tkazdi.
Seminarda oldinga siljigan hamda eng ko’p muhokama qilingan masala - oliygohimiz talabalarini ta’lim olayotgan sohasi bo’yicha Yaponiyadagi kompaniyalarda ishga joylashtirish va samarali tarzda faoliyat olib borish ko’nikmalari haqida bo’ldi.
Quvonch ila ta’kidlash joizki, kompaniya JDU rahbariyatiga hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Bu yangilikdan so’ng bitiruvchilar ketmonlarini uchishga shay holatga keltirib qo’ygan bo’lsa, sira ham ajablanmaymiz!