DIQQAT, TANLOV!!!
"Eng yaxshi dasturchi" tanloviga taklif etamiz!
Universitetimiz dasturlash sohasida iste’dodli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Eng yaxshi dasturchi" tanlovining universitet bosqichini e’lon qiladi.
Tanlovning maqsadi
Tanlovning asosiy maqsadi – talabalarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan algoritmik va texnologik yechimlarni ishlab chiqishdir.
Tanlov tafsilotlari
- Kuni: 29-noyabr, 2024-yil (Juma)
- Vaqti: 11:50 – 13:00
- Joylashuv: 302 va 304-xonalar (offline shaklda)
- Muhim: Kechikish qatnashuvga ruxsat bermaydi.
Mukofot jamg‘armasi
Respublika bosqichida quyidagi mukofotlar beriladi:
- 🥇 1-o‘rin: 15 000 000 so‘m
- 🥈 2-o‘rin: 10 000 000 so‘m
- 🥉 3-o‘rin: 8 000 000 so‘m
Bundan tashqari, maxsus nominatsiyalar:
- Eng tezkor dasturchi: 5 000 000 so‘m
- Eng yosh dasturchi: 5 000 000 so‘m
- Eng omadli dasturchi: 5 000 000 so‘m
- Eng murakkab dastur dasturchisi: 5 000 000 so‘m
Dasturlash tillari
Tanlovda C++, C#, Java, Python, Ruby, PHP, JavaScript, Typescript kabi dasturlash tillaridan foydalanish mumkin.
Ishtirok etish uchun
- Tanlov nizomi bilan tanishish: 👉 Havola
- Ishtirok etish uchun formani to‘ldiring: 👉 Formani to‘ldirish
Natijalar
Tanlov natijalari maxsus telegram guruhi: t.me/JDU_best_programmer_contest orqali e’lon qilinadi.
Iqtidorli talabalarga yangi imkoniyatlar eshigini ochamiz!