YANGILIKLAR

Japan Digital Universityda universitetga qabul marosimi.

2021-yil 16-oktabr kuni 2021-2022-o'quv yili imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan talabalar uchun qabul marosimi bo’lib o’tdi. Talabalarning ota-onalari ham qabul marosimida qatnashdilar.

Qabul marosimida:
O'zDJTU rektori-Ulug’bek Azizov,
Xalqaro aloqalar bo'yicha bo'lim boshlig'i-Husan Yo’ldoshev
JDU vasiylik kengashi rasi va JDU ta'sischisi Digital Knowledge kompaniyasi direktori-Haga Hiroaki
JDU rektori-Ravshanbek Mamajonov
tomonlaridan tabrik nutqi yo’llandi.

Har bir talabaga o’qishga kirganlik to'g'irisida guvohnoma va JDU tomonidan sovg'alar taqdim qilindi.

JDU kotibiyati a’zosi Doston Muxtorov tomonidan ma’muriyat a’zolari tanishtirildi.

Tadbir so’ngida esdalik uchun umumiy rasmga tushildi va shu bilan tadbir yakunlandi.


Yangi qabul qilingan talabalarga o'qishlarida omad va ilm yo'lida charchamasliklarini tilab qolamiz!