JDU'da kuchli IT jamoasi ishlashini sizga aytganmidik?
2026-06-13 09:58
Kelajak dasturchilari va raqamli olam mutaxassislarini kimlar tayyorlaydi? Bizning kuchimiz – bu o'z ishining ustasi bo'lgan mentorlar jamoasi!
🔹 Nemadaliyev Aʼzamjon — ISystem asoschisi, IT mutaxassis va mentor. Loyihalarni noldan boshqarish va dasturlash sirlarini amaliyot bilan birga o'rgatadi;
🔹 Mardiyev Ulug'bek — Kriptovalyuta va IT bo'yicha mutaxassis. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot va texnologiyalar olamiga yo'l ko'rsatuvchi ustoz;
🔹 Hojiyev Sunatullo — Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar bo'yicha mutaxassis. Dasturlashning mantiqiy poydevorini mustahkamlovchi ekspert;
🔹 Fariddin Rahimov — Grafik Dizayn bo'yicha mentor. G'oyalarni vizual san'at asariga aylantirishni o'rgatuvchi ijodkor.
Kuchli mentorlar yordamida professional bilimlarni o'rganishni va Yaponiyadagi nufuzli kompaniyalarda IT mutaxassis bo'lib ishlashni xohlaysizmi?