Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Ta'lim Uyushmasi, Raqamli Ta'limni Rivojlantirish markazi hamda Coursera platformasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Coursera ta’lim platformasida eng faol o‘rganuvchilar taqdirlandi.
Coursera ta’lim platformasi - 300 dan ortiq xalqaro universitetlar hamda yetakchi kompaniyalar dasturlarini o‘z ichiga olgan platforma.
Quvonarlisi, ushbu tadbirda Masharipov Ergashboy platformadagi eng faol o‘rganuvchilar orasida birinchi o‘rinni egallab, xalqaro sertifikat va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.
Masharipov Ergashboy — Japan Digital Universityda IT engineering fakulteti 3-kurs talabasi. U Coursera platformasida 2 yarim oy davomida tahsil olib, 4 ta professional sertifikatga ega bo‘ldi. Shuningdek, Google kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan UI/UX dizayn yo‘nalishi bo‘yicha Katta Professional kursni muvaffaqiyatli tamomladi.
Mukofotni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov shaxsan o‘zlari tantanali ravishda topshirdilar.