YANGILIKLAR

Universitetga kirish uchun Yapon tilini bilish shartmi?

Japan Digital University'ning ijtimoiy tarmoqlariga ko'plab beriladigan savollardan yana biri bu - o'qishga kirish uchun Yapon tilini bilish majburiymi degan mazmundagi murojaatlardir.

Yuqoridagi savollar haqida o'ylab, ikkilanib yurgan abituriyentlar uchun bu galgi suratlar orqali batafsil javob berishga harakat qilamiz. Japan Digital University'ga o'qishga kirish uchun Yapon tilini bilish talab etilmaydi va kirish imtihonlari Davlat test markazi darajasida tuzilgan matematika fani bo'yicha oflayn tarzda bo'lib o'tadi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o'tib, universitetga qabul qilingan talabalar 1-kursning ilk 6 oyida chuqurlashtirilgan tartibda yapon tili darslarini olib boradilar.