Samarqand sari unutilmas sayohat! 1-qism
2026-yil 21-iyun kuni JDUning 20 nafar eng faol talabalari (Yoshlar ittifoqi a'zolari hamda "Rektor kubogi" va "Zakovat" bellashuvlari g‘oliblari) ko‘hna Samarqand shahriga yo'l oldilar.

Bir kunlik sayohat qanday o'tdi?
🔹 Imom al-Buxoriy, Go‘ri Amir va Registon majmualari ziyorat qilinib, boy tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishildi.
🔹 Registon maydonida yaponiyalik sayyohlar bilan suhbatlar tashkil etildi. Talabalarimiz yapon tilidagi bilimlarini amaliyotda sinab ko'rishdi, shuningdek, mehmonlarga JDU haqida ma'lumotlar berildi.
🔹 Mashhur Samarqand oshidan bahramand bo'lgan jamoamiz, ortga qaytishda avtobus ekranida jahon chempionati uchrashuvlarini tomosha qilib, vaqtni juda maroqli o'tkazishdi.

Ushbu yorqin xotiralar hamda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar uchun JDU rektori va rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Japan Digital University — nafaqat ta'lim, balki unutilmas xotiralar, yangi tajribalar va keng imkoniyatlar maskani!