Ko‘chalar nega bunchalik toza?
Yaponiya - dunyoda tozalik va atrof muhitini saqlashda yetakchi davlatlardan biri. Keling bu mamlakatda ekologiyani saqlash uchun qanday ishlar qilinishi haqida gaplashamiz !
1️⃣ Maktabni o’zimiz tozalaymiz !
🧹Yapon maktablarida o’quvchilar maktablarni o‘zlari tozalaydi, bu esa yaponlarda bolaligidan boshlab o’z atrofini toza saqalshga bo’lgan mas'uliyat va tartib shakllanishiga sabab bo’ladi.
2️⃣ Ko‘chalar nega bunchalik toza?
🚯 Yaponiya ko’chalarida chiqindi qutilari juda kam. Odamlar chiqindilarini uyiga olib borib, saralaydi. Shuningdek, Yaponiyada barcha chiqindilarni bir kunda berib yubora olmaysiz, balki chiqindi turi uchun maxsus belgilangan kundagina topshira olasiz.
3️⃣ Chiqindilarni saralash tizimi
♻️ Plastik, qog‘oz, shisha va yonuvchi chiqindilar alohida yig‘iladi. Ba’zi shaharlarda chiqindilar 10 ga yaqin turga bo‘linadi!
4️⃣ Ekologik transport
🚃 Yaponiyada elektr va gibrid transport keng tarqalgan. Shinkansen tezyurar poyezdlari tezlik bilan birga ekologik tozalikni ham ta’minlaydi.
5️⃣ O‘rmonlarni muhofaza qilish
🌳 Yaponiyaning 67% hududi o‘rmonlar bilan qoplangan. Davlat va mahalliy aholi daraxtlarni kesish o‘rniga, ko‘proq ekishga e’tibor qaratadi.
Bular Yaponiya hukumati va jamiyatining atrof-muhitni saqlash uchun chora tadbirlarininig bir qismi. Hozirda dunyoda ekologiyani saqlash dolzarb bo'lib turgan bir vaqtda, ushbu tadbirlarning muhimligi yanada oshmoqda.