Japan Digital University talabalarining Adiblar xiyoboniga tashrifi
2026-09-17 13:47
Japan Digital University talabalarining Adiblar xiyoboniga tashrifi
2026-yilning 16-sentabr kuni JapanDigitalUniversity Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tashabbusi bilan universitet talabalarining Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga ma'rifiy tashrifi amalga oshirildi.
✍ Tadbir doirasida universitetga biriktirilgan atoqli adiblar — O‘zbekiston Qahramoni, xalq yozuvchisi Said Ahmad hamda taniqli shoira Saida Zunnunova haykallari poyida uchrashuv tashkil etildi.
Unda Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimi Elyor Shomahmudov so‘zga chiqib, talabalarga ushbu ulug‘ ijodkorlarning sermazmun hayot yo‘li, boy adabiy merosi hamda o‘zbek madaniyatiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
🇺🇿 Mazkur tadbir yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, ularni milliy adabiyotimiz va qadriyatlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash hamda talabalarning ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadiga xizmat qiladi.