Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari – Odilbek Isakov ochib berdi. Uchrashuvdan asosiy maqsad, Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va Axborot-resurs markazlari hamda Moliya vazirligining tarkibiy tuzilmalarining “IT” bo‘limlaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini yosh, salohiyatli kadrlar bilan to‘ldirish, kadrlar zahirasini yaratishdan iborat.
Ushbu tadbirda ikki yuzdan ziyod bitiruvchi talabalar ishtirok etishdi, talabalar bilan “IT” sohasiga oid savol-javoblar tashkil etildi, sohaga tegishli qiziqarli suhbatlar uyushtirildi.
Tadbir so‘ngida barcha talabalarning bilimlarini tekshirish maqsadida Axborot texnologiyalari markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan dasturlashning oltita yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi va test natijalariga ko‘ra Moliya vazirligi rahbariyati tomonidan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar tashakkurnoma va mukofotlar bilan taqdirlandi.
Quvonarli tarafi 200dan ortiq talabalar ichida Japan Digital University talabasi 6 yo'nalishdan biri bo'yicha faxrli birinchi o'rinni egalladi.
Japan Digital University rahbariyati mana shunday tadbirlarni tashki qilishda tashabbus ko'rsatgan Moliya vazirligi rahbariyati chuqur minnatdorchiligini bildirib qoladi!