Yaponiyada muvaffaqiyatli karyera qilayotgan JDU bitiruvchilari bilan tanishing!
Yil boshidan buyon o‘ndan ortiq JDU bitiruvchilari Yaponiyadagi nufuzli kompaniyalardan ish takliflarini olib, kunchiqar yurt sari yo‘l olishdi.
🏢 Bugun CAL, Fujifilm, Digital Knowledge, EPAM kabi xalqaro darajadagi kompaniyalarda o‘zbekistonlik IT mutaxassislarini ko‘rish tobora odatiy holga aylanib bormoqda.
Bunday natijalar, avvalo, talabalarimizning o‘z ustida tinimsiz ishlagani, yapon tili va dasturlash kabi murakkab yo‘nalishlarni puxta o‘zlashtirishdagi saboti bilan bog‘liq.
😀 Ularning bugungi yutuqlarida Japan Digital University’da berilayotgan sifatli ta’lim, amaliy yondashuv va har bir talabaga qaratilayotgan e’tibor muhim o‘rin tutadi.
Siz ham xalqaro standartlar asosida ta’lim olib, kelajakda Yaponiyada o‘z mutaxassisligingiz bo‘yicha faoliyat yuritishni istasangiz,
Japan Digital University’ga qabul davom etmoqda!