Yangiliklar

Bugun butun O‘zbekiston xalqi qatori JDU kampusida ham chinakam futbol shukuhi hukm surdi!

Bugun butun O‘zbekiston xalqi qatori JDU kampusida ham chinakam futbol shukuhi hukm surdi!

🇺🇿 Universitetimiz talabalari va xodimlari milliy terma jamoamizning tarixiy uchrashuvini bevosita universitetning o‘zida, katta ekranlar qarshisida birgalikda, o‘zgacha hayajon bilan tomosha qilishdi.
🏔 Quvonarlisi shundaki, dargohimizda ta'lim beruvchi yaponiyalik ustozlarimizning ham O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chin dildan, zavq bilan muxlislik qilgani barchamizga g‘urur bag‘ishladi va milliy iftixor tuyg‘ularimizni yanada yuksaltirdi.

⚡️ Garchi uchrashuv mag‘lubiyat bilan yakunlangan bo‘lsa-da, bu o‘yin qalbimizda ulkan zavq va o‘zbekistonlik bo‘lish faxrini uyg‘ota oldi. Uzoq Meksika yashil maydonlarida madhiyamiz baralla yangrashi va afsonaviy "Azteca" stadioni uzra bayrog‘imizning mag‘rur hilpirashining o‘ziyoq o‘zbek futboli qanchalik mashaqqatli va sharafli yo‘lni bosib o‘tganining yorqin isbotidir!

🌍 Oldinda turgan navbatdagi uchrashuvlarda yigitlarimizga faqat va faqat omad tilab qolamiz. Butun JDU oilasi hamda ko‘p millatli xalqimiz sizlar bilan!

🗣Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad!

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston!