YANGILIKLAR

Coworking haqida talabamiz bilan suhbat

Videolar
Japan Digital University doimiy ravishda o'z kuzatuvchilariga ikki Davlat diplomiga ega bo'lish, universitetni muvaffaqiyatli tamomlagandan so'ng, Yaponiya IT kompaniyalariga ishga joylash, hamda o'qish davomida co-working'da qo'shimcha daromad olish kabi imkoniyatlar borligini ta'kidlab keladi.

Ammo ushbu ma'lumotlarga shubha bilan qarovchilar ham yo'q emas va buning oldini olish maqsadida YouTube'da yangi bir loyiha tashkil etdik.

Video mobaynida Japan Dgital University'ning 2-bosqich talabasi Botirjon G'anijonovning haqiqatdan ham o'qish davomida Yapon kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlab, yaxshigina daromad topayotganliklari hamda eng katta orzularidan biri chet elda karyera qilish haqida so'zlab berganlar. Shuningdek, ushbu suhbatda, universitet tomonidan yaratib berilgan sharoitlar ham qanchalik haqiqatga yaqin ekanligining guvohi bo'lishingiz mumkin.