YANGILIKLAR

Universitetimizda "IT sohasida ishlash va bu uchun o'rganish kerak bo'lgan ko'nikmalar" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Seminarni IBM kompaniyasining Tokyo, San Paolo, Californiya filliallarida 28 yilga yaqin faoliyat yuritgan, keyinchalik 3 yil davomida Yaponiyaning Accenture IT konsalting kompaniyasida Technology Delivery Lead Senior Manager bo'lib ishlagan va hozirda "Slalom" kompaniyasida Senior Delivery Principal lavozimida ishlab kelayotgan Junko Kimura xonim olib bordi.

Barcha universitet talabalari seminarda faol ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.