Yangiliklar

【Hisobot】JDU1-kurs talabalari o’qishga kirish marosimi

 2021-yil 1-fevralda, Jahon Tillar universitetining konferensiya zalida JDUning kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan 1-kurs talabalari o’qish kirish marosimiga qatnashdilar.  Ota-onalarni ham qo’shganda umumiy 60 nafar qatnashchilar bo’ldi. Pandemiya davri bo’lgani uchun, odam soniga cheklov qo’yib, juda ehtiyotkorlik bilan tadbir o’tkazildi. 



 O’qish kirish marosimida Jahon Tillar universiteti rektori Ulug’bek Azizov, prorektor Alisher Abidjanov, Husan Yo’ldoshev, JDU vasiylik kengashi rasi va JDUni tashkil etgan Digital Knowledge kompaniyasi direktori Haga (quyida DK direktori Haga), shuningdek, JDU direktori Ravshanbek Mamajonov tomonlaridan tabrik nutqi yo’llandi.  Vasiylik kengashi raisi Yaponiyada turgan holda ZOOM orqali tabrik yo’lladi.


 O’qish kirish ruxsatnomasini topshirishda, har bir talabani alohida oldinga chaqirib, direktor tomonidan o’qishga kirishga ruxsatnoma va sovg’a tariqasida kitob sovg’a qilindi. Sovg’alar DK direktori Haga nomidan bo’lib, “Uchinchi eshik” degan kitoblardir. Ushbu kitobda muvaffaqiyatli insonlar muvaffaqiyat eshigini qanday ochishganligi haqida yozilgandir. Ushbu kitobning yapon tiliga tarjima qilingan shakli berildi. Talabalar kitobni hozir o’qiy olmasliklari mumkin. Biroq vasiylik kengashi raisi bu orqali talabalar bu kitobni o’qiy olishlari uchun bilimlarini oshirishlarini istadi. 


So’ngida, JDU ma’muriyati boshlig’i o’rinbosari Doston tomonidan ma’muriyat a’zolari tanishtirildi. Shuningdek, ma’muriyat boshlig’i Yanagimoto ZOOM orqali tabrik yo’lladi. Tadbir so’ngida esdalik uchun umumiy rasmga olindi va yakunlandi. 
Talabalarning bundan keyingi rivojlanishlarini tilab qolamiz!



Made on
Tilda