YANGILIKLAR

O’qishga kirish marosimi haqida

 2021-yil 1-fevral kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining konferensiya zalida JDUning kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan 1-kurs talabalari o’qish kirish marosimiga qatnashdilar.  Ota-onalarni ham qo’shib hisoblaganda, umumiy 60 nafar qatnashchilari ishtirok etishdi. Pandemiya davri bo’lgani uchun, odam soniga cheklov qo’yib, juda ehtiyotkorlik bilan tadbir o’tkazildi. 



 O’qishga kirish marosimida O'zDJTU rektori Ulug’bek Azizov, prorektor Alisher Abidjanov, Husan Yo’ldoshev, JDU vasiylik kengashi rasi va JDU ta'sischisi Digital Knowledge kompaniyasi direktori Haga Hiroaki, shuningdek, JDU rektori Ravshanbek Mamajonov tomonlaridan tabrik nutqi yo’llandi.  JDU Vasiylik kengashi raisi Yaponiyada turgan holda ZOOM orqali tabrik yo’lladi.


 O’qishga kirganlik ruxsatnomasini topshirishda, har bir talabani alohida oldinga chaqirib, rektor tomonidan o’qishga kirishga ruxsatnoma va sovg’a tariqasida kitob sovg’a qilindi. Sovg’alar Digital Knowledge kompaniyasi direktori Haga Hiroaki nomidan bo’lib, “Uchinchi eshik” degan kitobdir. Ushbu kitobda muvaffaqiyatli insonlar muvaffaqiyat eshigini qanday ochishganligi haqida yozilgan. Ushbu kitobning yapon tiliga tarjima qilingan nashri talabalarga berildi. Talabalar kitobni hozir o’qiy olmasliklari mumkin. Biroq vasiylik kengashi raisi bu orqali talabalar bu kitobni o’qiy olishlari uchun bilimlarini oshirishlarini istashini aytdi. 


Eng oxirida, JDU kotibiyati boshlig’i o’rinbosari Doston Muxtorov tomonidan ma’muriyat a’zolari tanishtirildi. Shuningdek, JDU kotibiyati boshlig’i Yanagimoto Shinichi ZOOM orqali tabrik yo’lladi. Tadbir so’ngida esdalik uchun umumiy rasmga tushildi va shu bilan tadbir yakunlandi. 
Talabalarning bundan keyingi ilmiy rivojlanishlarini tilab qolamiz!