YANGILIKLAR

Japan Digital University va Sapporo University talabalari o'rtasida masofaviy Zoom uchrashuv tashkil qilindi

O‘zbekiston va Yaponiya diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o'zbek hamda yaponiyalik talabalar oʻrtasida masofaviy tajriba almashinuv uchrashuvi bo'lib o'tdi.



O‘zbekiston tomonidan bizning yapon tilini o‘rganayotgan 7 nafar talabalarimiz va Sapporo universitetidan rus tilida so'zlasha oladigan 5 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Suhbat asnosida har ikkala davlat talabalari o'z mamlakat madaniyatlari bilan tanishtirib, “Yaponcha kitoblar vavanime” borasida qizg'in munoza olib borishdi.
“Hokkaido va O‘zbekistonning dunyoni o‘ziga jalb qila oladigan kuchli tomonlari” mavzusi esa muhokamaning asosiy qismini tashkil etdi. Talabalar ikki davlatning ustun taraflarini muhokama qilgach, hamkor davlatga bo'lgan qiziqishlari yanada ortdi. 


Universitetimiz talablarining erkin so'zlashuvlari “Yapon tilini yuqori darajada bilishlaridan hayratda qoldim” kabi kuchli taassurot qoldirgan bo'lsa, O‘zbekistonning maftunkor madaniyati va mehmondo'st xalqi yapon o‘quvchilarida “Men O‘zbekiston haqida ko‘proq bilishni xohlardim”, degan istakni paydo qildi. 
“Yaponiyaga borsam, albatta Xokkaydoga borishni xohlayman”, deya e'tirof etgan talabalarimiz keyingi Zoom uchrashuvlari uchun mavzu tanlab, intiqlik bilan kutishmoqda.