Yapon tili bo‘yicha xalqaro tanlovda talabamiz maxsus mukofotni qo‘lga kiritdi!
2026-05-21 09:51
Yapon tili bo‘yicha xalqaro tanlovda talabamiz maxsus mukofotni qo‘lga kiritdi!
Joriy yilning 16-may kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida 29-bor o'tkazilgan Markaziy Osiyo yapon tili notiqlik san'ati ko'rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
🌟 Quvonarlisi shundaki, ushbu nufuzli musobaqada universitetimizning 2-kurs talabasi Saidumarxo‘ja Jalolov "Yangi men" nomli nutqi bilan O‘zbekiston nomidan munosib ishtirok etdi. Uning mazmundor chiqishi yuqori baholanib, Yaponlar jamiyatining maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi!
🇺🇿 E'tiborlisi shundaki, ushbu tanlov O'zbekiston terma jamoasi uchun katta g'alaba bilan yakunlandi. Mamlakatimiz nomidan qatnashgan 4 nafar ishtirokchimiz umumjamoa hisobida faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi (mutlaq g'oliblik ham aynan o'zbekistonlik vakilga nasib etdi).
💐 Universitet jamoasi nomidan Saidumarxo‘jani, uning oila a'zolarini hamda barcha qatnashchilar va ularning ustozlarini ushbu yuksak natija bilan chin dildan muborakbod etamiz!
🎥 P.S. Tez kunda ushbu xalqaro tadbirning qizg'in taassurotlari va g'alaba nashidasi bilan o'rtoqlashish maqsadida qahramonimiz ishtirokidagi maxsus videoni e'tiboringizga havola etamiz. Bizni kuzatishda davom eting!