YANGILIKLAR

JDU Respublika matematika olimpiadasi bo'lib o'tdi

Japan Digital University 4-5-may kunlari JDU Respublika matematika olimpiadasining final bosqichiga mezbonlik qildi. Ushbu olimpiada Respublikamizdagi 11-sinf maktab o'quvchilari hamda akademik litseyning 2-kursi talalabalari uchun o'tkazildi.
Olimpiadaning dastlabki bosqichi onlayn shaklda bo'lib mazkur bosqichdan o'tgan ishtirokchilar offlayn bosqichda sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi. Musobaqa yakunida test natijalariga ko'ra g'olib deb topilgan ishtirokchilarga sovrinlar taqdim etildi.
Shuni ta'kidlash kerakki, sovrinlar jamg'armasi ham va'da qilinganidek ancha katta bo'ldi.
-Yaponiyaga sayohat
-8 ta noutbuk
-10 ta Kindle qurilmalari
-Maxsus stipendiyalar
-Offlayn olimpiadan qatnashchilarining har biriga shartnoma summasidan 10 mln so'm chegirma beruvchi JDU ta'lim vaucherlari
Ushbu olimpiada ishtirokchilar uchun nafaqat bilimlarini sinash uchun balki yangi tanishuvlar, fikrlar almashinuvi uchun ham qulay imkoniyatlar eshigi bo'ldi.