🇯🇵 Yaponiyaning "Digital Knowledge" kompaniyasi vakillari Japan Digital University'ga tashrif buyurdi
🏢 Bugun universitetimizda Yaponiyaning ta'lim texnologiyalari va raqamli yechimlar sohasida yetakchi bo'lgan "Digital Knowledge" kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Kompaniya direktori Noguchi janoblari boshchiligidagi mehmonlar Japan Digital University (JDU) faoliyati hamda o'quv jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida maxsus tashrif bilan keldilar.
🤝 Tashrif davomida mehmonlar universitetimizdagi zamonaviy ta'lim muhiti, IT va yapon tili yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarimizning salohiyatini ko'zdan kechirdilar. Shuningdek, uchrashuvda JDU va "Digital Knowledge" kompaniyasi o'rtasida ta'lim texnologiyalari bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish, qolaversa, iqtidorli talabalarimizni kelgusida ushbu kompaniyada ishga joylashtirish va suhbatdan o'tkazish (intervyu) kabi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
📈 Noguchi janoblari va kompaniya vakillari universitetimizda xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlash tizimiga ijobiy baho berdilar. Bu kabi tashriflar talabalarimiz uchun Yaponiyaning nufuzli IT kompaniyalarida o'z karyerasini qurish yo'lida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
✨ Japan Digital University — kelajagingizni biz bilan quring!