Nufuzli kompaniya CAL Co. Ltd vakillari JDU da
Kuni kecha CAL Co.Ltd. kompaniyasi JDUda mehmon bo'lib, talabalarga ushbu kompaniyada ishga joylashish bo'yicha qizg'in seminar o'tkazib berishdi.
CAL Co., Ltd. kompaniyasi tõliq nomi Challenge And Lead bõlib, 1990-yil fevral oyida tashkil topgan.
Kompaniyaning bosh ofisi Tokio shahrining Akihabara tumanida joylashgan. Hozirga kelib 2989 ta xodimlari mavjud bõlib, kompaniyaning yillik daromadi 100 million yenga yetadi.

Kompaniyaning asosiy faoliyat turlari dasturiy ta'minotni loyihalash, ishlab chiqish, infratuzilmani qurish, dasturiy ta'minotni baholash va sinovdan o'tkazish, turli tizimlarga texnik xizmat kõrsatish, hukumat tizimini rivojlantirish, chet eldan inson resurslarini yollash, ta'lim berish va o'qitish, ishga yollashni qo'llab-quvvatlash kabilardir.
Kompaniya vakillari JDUga kelishidan asosiy maqsad, IT sohasidagi iqtidorli talabalar bilan yaqindan tanishish, ularni ishga yollash, JDU ta'lim tizimini ko'rib o'rganish hisoblanadi. Kompaniya vakillari Yaponiyada ishlamoqchi bo'lgan talabalar uchun CAL kompaniyasi haqida barcha batafsil ma'lumotlarni berishdi, turli videolar va taqdimotlar orqali talabalarga kompaniya ichidagi muhit, ish tarzi, qanday ishlar olib borilishi, kimlar ishlashi, ofisning ichki va tashqi kõrinishi haqida ma'lumotlar berishdi.