YANGILIKLAR

Japan Digital University jamoasi ishtirokida yapon ish madaniyatiga asoslangan 目標発表会 "Maqsadlar taqdimoti" marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda 2022-yilda qilingan ishlar hisoboti, hamda 2023-yilda umumiy va bo'limlar uchun qo'yilgan maqsadlar muhokama qilindi. Shuningdek, marosimda o'tgan yilda o'zining irodasi, mehnatsevarligi va universitetning rivojiga alohida hissa qo'shganligi uchun bir qator jamoamiz a'zolari rektor tomonidan maxsus sovg'alar bilan tadqirlandilar.