Bayramning asosiy qismida talabalar qo’shiq kuylash, xazilomuz sahna ko’rinishlari, gitarada qo’shiq kuylash kabi o’z iste’dodlarini namoyish etishdi. 🎸
🎌Shuningdek, bayramda barcha guruhlar yapon iyerogliflari hamda Yaponiya haqidagi bilimlari haqida o’zaro intelektual o’yinlar orqali kuch sinashishdi.
Ushbu musoboqalarda g’alaba qozongan guruh va talabalarga turli sovg’alar taqdim etildi.
Tadbirning ikkinchi qismida talabarga yapon madaniyati burchagi tashkil etilib, unda barcha ko’ngillilar kimono, yapon milliy shirinliklari, choy marosimi, kendama va origami kabi madaniy mashg’ulotlari bilan tanishib, vaqtlarini maroqli o’tkazishdi.