JDU'da an'anaviy uchrashuv: Yaponiyalik investorlar talabalarimiz bilan muloqot qildi
2026-07-01 11:03
DU'da an'anaviy uchrashuv: Yaponiyalik investorlar talabalarimiz bilan muloqot qildi
🌏 O'zbekistondagi ilk yapon universiteti bo'lgan JDU xalqaro hamkorlar va martabali mehmonlar uchun o'ziga xos muloqot markaziga aylanib ulgurgan. Bugun ham an'anaga sodiq qolgan holda, universitetimiz Yaponiyaning nufuzli kompaniya rahbarlari va yirik tadbirkorlarini qarshi oldi!
Mehmonlar universitetimizdagi ta'lim jarayonlari, maxsus dasturlar va talabalarimizning yapon tilini o'zlashtirish darajasi bilan yuqori qiziqish bilan tanishdilar. Eng asosiysi, faol va iqtidorli talabalarimiz nufuzli mehmonlar bilan yuzma-yuz suhbatlashish imkoniga ega bo'lishdi.
💬 "Kelajakda kuchli mutaxassis bo'lib yetishing va Yaponiya hamda O'zbekiston o'rtasidagi mustahkam ko'prikka aylaning!" — deya iliq tilaklar bilan tashrifga yakun yasaldi.
Talabalarimizning xalqaro darajadagi mutaxassis bo'lib yetishishlari yo'lida JDU doimo keng imkoniyatlar yaratishda davom etadi!