JDUda 20 nafar sinov talabalar va ularning oila a'zolarini taklif qilgan holda, "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida o'qishga kirish marosimi nishonlandi. Tadbirga mehmon sifatida Yaponiya elchisi Yoshinori Fujiyama janoblari, JETROning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Takahashi va O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari qatnashishdi hamda tabrik so'z yo'llashdi. Shuningdek, tadbirda JDUning muassisi hisoblanmish "Digital Knowledge Co., Ltd.," AJ Prezidenti janob Haga Hiroaki va universitet xodimlari ham ishtirok etishdi.